Primqul Qodirov
Download 55.5 Kb.
|
Primqul Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kazaklar”
- “Jon shirin”
- “Uch ildiz”, “Najot”
- “Qora ko`zlar”
- “Oilamiz”
Primqul Qodirov. (1928-yilda tug`ilgan) Primqul Qodirov 1928-yil 25-oktyabrda Tojikistonning Shahriston tumanidagi Kengko`l qishlog`ida tug`ilgan. Uning bolalik yillari urush yillariga to`g`ri keladi, u otasi va oila boshiga tushgan kulfatlarga sherik bo`ladi, jamoa xo`jaigida, yo`l qurilishida, Bekoboddagi metallurgiya zavodida ishlaydi. Yozuvchi 1446-1951-yillarda ToshDU, so`ngra Moskvadagi Jahon adabiyoti institutini aspiranturasida ta`lim olib, 1954-yilda Abdulla Qaxxor ijodi bo`yicha dissertatsiya yo`qladi. U 1954-1963-yillarda Yozuvchilar uyushmasida, keyin esa til va adabiyot institutida va juda ko`pgina jamoat ishlarida faoliyat yuritdi. Primqul Qodirov Hamza nomli Davlat mukofotiga (1968) sazavor bo`lgan.U rus adiblari Tolstoyning “Kazaklar”, K. Fedinning “Ilk sevinchlar”, turkman yozuvchisi X.Deryayevning “Qismat” romanlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. Primqul Qodirov asarlaridagi pok sevgi, insoniy muhabbat Mahkam va Gavhar, Madaminjon va Ma`suda, Mohim va Bobur munosabatida go`zal tasvirlagan. Asarlari: “Studentlar”(1950, birinchi hikoyasi, bu kitob chiqqanda Primqul Qodirov hali ToshDU da sharqshinoslik fakultetining studenti edi) “Jon shirin” (1968-1973, hikoyada xalqimizni kimyoviy dorilar bilan zararlagan zolimlarga qarshi achchiq haqiqat aytilgan), “Qalbdagi quyosh” (hikoya) , “Kayf” (hikoya), “Olov”, “Meros” (qissa qahramonlari: Yolqin Otajonov, Tursun va boshqalar. Bu asarda paxtakorlarning hayoti aks ettirilgan), “Qadrim” (bu qissada neft konlarini izlovchilar hayoti qalamga olingan bo`lib, itoatkor, mutelikni, hatto, ma`lum darajada, oddiy bir hayotiy haqiqat sifatida qabul qiladigan yigit, ya`ni Iskandar obrazi o`z aksini topgan), “Uch ildiz”, “Najot” (1980, dastlab “Botirlar va baxillar” deb nomlangan), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1977), “Olmos kamar” (1987, asosiy qahramonlar: Abror va Sherzod), “Ona lochin vidosi” (1994-2000, gavharshodbegim siymosiga bag`ishlangan. Bu asar yaxlit sujet asosiga qurilgan emas. Mustaqil hamda bir-birining uzviy davomi sifatida yigirma beshdan ortiq hikoyalardan tashkil topgan), “Qora ko`zlar” (roman, 1963-1966), “Yulduzli tunlar” (“Bobur” ), “Avlodlar dovoni” (Bu roman keyingi nashrlarda “Humoyun va Akbar” deb nomlangan. Asar qahramonlari: Humoyun, Hamidabobu, Nizom, Qutbxon, havasxon, Bayramxon, Sherxon, Tahmasp (qiyin ahvolga tushib qolgan Humoyunga yordam bergan shoh) va boshqalar. Asardagi to`qima obrazlar Nizom va Hamidadir), “Oilamiz” (ilk ocherki, 1953), “Dil va til” (1974), “Xalq tili va realistik proza” (1973) kabi adabiyotshunos sifatida yaratgan risolalari mavjud. “Yulduzli tunlar” Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling