Prinsiplari


Download 402.58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2023
Hajmi402.58 Kb.
#1763227
Bog'liq
ELEKTR YOYLI PO’LAT ERITISH PECHINING TASNIFI VA ISHLASH PRINSIPLARI.



ELEKTR YOYLI PO’LAT ERITISH PECHINING TASNIFI VA ISHLASH 
PRINSIPLARI. 
Reja 
1. Elektr yoyli po’lat eritish pechining tasnifi va ishlash prinsiplari. 
2. Elektr yoyli po’lat eritish pechining tuzilishi. 
Elektr eritish pechlari – rangli metallurgiyada qotishmalar, metallarni olishda va 
xomashyoni eritishda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda rudalarni elektr eritishda rangli 
metallurgiyada quyidagi turkumdagi pechlar qo‘llanilmoqda:
- jarayonda boradigan kimyoviy jarayonlarga asosan oksid-lovchi va tiklanuvchi 
elektro-eritish; 
- xomashyoni eritish jarayoniga tayyorlash bo‘yicha: ruda va boyitmalar uchun 
kuydirilgan materiallarni maydalangan material-larni aglomerat va briketlarni;
- oxirgi mahsulot bo‘yicha: shteynga xomaki metall olishga; 
Barcha elektr eritish pechlari 3 yoki 6 ta elektroddan tashkil topgan bo‘lib, 
pechning geometrik ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak va silindr shaklida bo‘lishi 
mumkin. Bunday pechlarni ruda - termik pechlar deb ham nomlanadi. 
Bu pechlarning asosiy texnik ko‘rsatkichi issiqlikning foydalanish koeffitsientini 
60-80% gacha, vanna ichidagi haroratni 1500-1700°C gacha ko‘tarishi mumkin. 
Pechlar devorining qalinligi 900-1200 mm gacha bo‘lib, u o‘z navbatida 3-4 
qator magnezitli, xrommagnezitli va shamotli o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan. 
Pechlarning asosi metall ustunlar bilan mahkamlangan bo‘lib, texnika xavfsizligini 
ta’minlash uchun zarur.
42-rasm. Ruda-termik pechining ko‘rinishi 
Pechlarning elektrodlari grafitdan, yoki tozalangan ko‘mirdan tayyorlangan 
bo‘lib, ularning uzunligi 800-1400 mm gacha boradi. Elektrodlar maxsus 
uskunalarga o‘rnatilgan bo‘lib ular gidro-ko‘targichlar yordamida pechning ishchi 
hajmiga avtomatlashgan va mexanizatsiyalangan boshqaruv orqali tushiriladi. 
Rangli metallurgiyada ko‘p hollarda silindr shaklidagi ruda-termik pechlar 
qo‘llaniladi. Uning o‘ziga yarasha bir qator qulaylik tomonlari mavjud. Ulardan biri 
elektr pech kichkina yuzani egal-laydi, uni boshqarish har tomonlama qulaydir. 


43 - rasm. Mis - nikel ruda va boyitmalarni eritish uchun to‘g‘ri to‘rtburchak 
shaklidagi elektro-pechlar. 
1- elektrodlarni ko‘targich; 2-futerovka; 3-ship; 4-kontakt shneklar; 5-
shinopaketlar; 6-elektrodlar qoplamasi; 7-elektrodlarni harakatga keltiruvchi gidro 
ko‘targich; 8-9-ustki va ostki prujinalar – elektrodalarni o‘rnatish uchun; 10,11–
shixta yuklash qismi; 
Hozirgi kunda qora metallurgiyada yoyli po‘lat eritish pechlari keng qo‘llanilib 
kelinmoqda. Bu pechlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lishi bilan bir 
qatorda ularni boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Quyidagi rasmda yoyli po‘lat 
eritish pechining umumiy ko‘rinishi berilgan.
44 - rasm. DSP 200 markali yoyli po‘lat eritish pechi. 
1-elektrodlarni mahkamlash sistemasi; 2-vertikal ustun; 3-elektrodlarni harakatga 
keltiruvchi mexanizm; 4-pech shipini ko‘taruvchi mexanizm; 5-nasos; 6-
aylanuvchi tumba; 7-pechni harakatlantiruvchi mexanizm; 8-lulka; 9-aylashtirish 
mexanizmi; 10-11 ishchi ko‘zgu; 12- pechning asosi; 13-shipning karkasi; 14-
portal; 15-elektronlar; 16-egiluvchan kabel. 


 Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech ikkita mustahkam balkaga 
o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruktsiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki qismiga 
harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga kelitirish uchun maxsus 
mexanizm bilan ta’minlangan.
Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa 
jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi. Pechning ichki 
qismi 500-800 mm gacha o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga 
elektrodlar o‘rnash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon 
davomida vertikal – yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi. 
Rangli va qora metallurgiyada xomashyoni eritish va xomaki metallarni 
tozalashda zavonaviy hisoblangan induksion pechlar qo‘llaniladi. Bu pechlar asosan 
alyuminiy metallurgiyasida, mis va qo‘rg‘oshin metallurgiyasida, po‘lat ishlab 
chiqarishda samarali hisoblanadi.
45 - rasm. Xomaki misni tozalash uchun mo‘ljallangan ILK-6 markali induksion 
pechning ko‘rinishi. 
46 - rasm. IST markali po‘lat eritishga mo‘ljallangan indukitson pech.1-futerovka; 
2-jarayonning borishini ko‘rsatuvchi datchik; 3-induktor; 4-asos va karkas; 5-
qopqoq; 6-qopqoqni ko‘taruvchi mexanizm; 7-pechni harakatga keltiruvchi 
mexanizm; 



Download 402.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling