Prinsiplari
Download 402.58 Kb. Pdf ko'rish
|
ELEKTR YOYLI PO’LAT ERITISH PECHINING TASNIFI VA ISHLASH PRINSIPLARI.
ELEKTR YOYLI PO’LAT ERITISH PECHINING TASNIFI VA ISHLASH PRINSIPLARI. Reja 1. Elektr yoyli po’lat eritish pechining tasnifi va ishlash prinsiplari. 2. Elektr yoyli po’lat eritish pechining tuzilishi. Elektr eritish pechlari – rangli metallurgiyada qotishmalar, metallarni olishda va xomashyoni eritishda qo‘llaniladi. Hozirgi paytda rudalarni elektr eritishda rangli metallurgiyada quyidagi turkumdagi pechlar qo‘llanilmoqda: - jarayonda boradigan kimyoviy jarayonlarga asosan oksid-lovchi va tiklanuvchi elektro-eritish; - xomashyoni eritish jarayoniga tayyorlash bo‘yicha: ruda va boyitmalar uchun kuydirilgan materiallarni maydalangan material-larni aglomerat va briketlarni; - oxirgi mahsulot bo‘yicha: shteynga xomaki metall olishga; Barcha elektr eritish pechlari 3 yoki 6 ta elektroddan tashkil topgan bo‘lib, pechning geometrik ko‘rinishi to‘g‘ri to‘rtburchak va silindr shaklida bo‘lishi mumkin. Bunday pechlarni ruda - termik pechlar deb ham nomlanadi. Bu pechlarning asosiy texnik ko‘rsatkichi issiqlikning foydalanish koeffitsientini 60-80% gacha, vanna ichidagi haroratni 1500-1700°C gacha ko‘tarishi mumkin. Pechlar devorining qalinligi 900-1200 mm gacha bo‘lib, u o‘z navbatida 3-4 qator magnezitli, xrommagnezitli va shamotli o‘tga chidamli g‘ishtlardan terilgan. Pechlarning asosi metall ustunlar bilan mahkamlangan bo‘lib, texnika xavfsizligini ta’minlash uchun zarur. 42-rasm. Ruda-termik pechining ko‘rinishi Pechlarning elektrodlari grafitdan, yoki tozalangan ko‘mirdan tayyorlangan bo‘lib, ularning uzunligi 800-1400 mm gacha boradi. Elektrodlar maxsus uskunalarga o‘rnatilgan bo‘lib ular gidro-ko‘targichlar yordamida pechning ishchi hajmiga avtomatlashgan va mexanizatsiyalangan boshqaruv orqali tushiriladi. Rangli metallurgiyada ko‘p hollarda silindr shaklidagi ruda-termik pechlar qo‘llaniladi. Uning o‘ziga yarasha bir qator qulaylik tomonlari mavjud. Ulardan biri elektr pech kichkina yuzani egal-laydi, uni boshqarish har tomonlama qulaydir. 43 - rasm. Mis - nikel ruda va boyitmalarni eritish uchun to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi elektro-pechlar. 1- elektrodlarni ko‘targich; 2-futerovka; 3-ship; 4-kontakt shneklar; 5- shinopaketlar; 6-elektrodlar qoplamasi; 7-elektrodlarni harakatga keltiruvchi gidro ko‘targich; 8-9-ustki va ostki prujinalar – elektrodalarni o‘rnatish uchun; 10,11– shixta yuklash qismi; Hozirgi kunda qora metallurgiyada yoyli po‘lat eritish pechlari keng qo‘llanilib kelinmoqda. Bu pechlarning ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lishi bilan bir qatorda ularni boshqarish to‘liq avtomatlashtirilgan. Quyidagi rasmda yoyli po‘lat eritish pechining umumiy ko‘rinishi berilgan. 44 - rasm. DSP 200 markali yoyli po‘lat eritish pechi. 1-elektrodlarni mahkamlash sistemasi; 2-vertikal ustun; 3-elektrodlarni harakatga keltiruvchi mexanizm; 4-pech shipini ko‘taruvchi mexanizm; 5-nasos; 6- aylanuvchi tumba; 7-pechni harakatlantiruvchi mexanizm; 8-lulka; 9-aylashtirish mexanizmi; 10-11 ishchi ko‘zgu; 12- pechning asosi; 13-shipning karkasi; 14- portal; 15-elektronlar; 16-egiluvchan kabel. Pechning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: pech ikkita mustahkam balkaga o‘rnatilgan bo‘lib, u butun konstruktsiyani ko‘tarib turadi. Pechning ustki qismiga harakatlanuvchi shiftidan iborat bo‘lib, uni harakatga kelitirish uchun maxsus mexanizm bilan ta’minlangan. Undan tashqari pech yonboshiga 45-60° burilish imkoniyatiga ega. Bu esa jarayonda olingan mahsulotni kovshlarga quyish imkonini beradi. Pechning ichki qismi 500-800 mm gacha o‘tga chidamli materiallar bilan qoplangan. Pechga elektrodlar o‘rnash-tirish alohida ahamiyatga ega. Chunki bu elektrodlar jarayon davomida vertikal – yuqoridan pastga va aksinchi harakatlanadi. Rangli va qora metallurgiyada xomashyoni eritish va xomaki metallarni tozalashda zavonaviy hisoblangan induksion pechlar qo‘llaniladi. Bu pechlar asosan alyuminiy metallurgiyasida, mis va qo‘rg‘oshin metallurgiyasida, po‘lat ishlab chiqarishda samarali hisoblanadi. 45 - rasm. Xomaki misni tozalash uchun mo‘ljallangan ILK-6 markali induksion pechning ko‘rinishi. 46 - rasm. IST markali po‘lat eritishga mo‘ljallangan indukitson pech.1-futerovka; 2-jarayonning borishini ko‘rsatuvchi datchik; 3-induktor; 4-asos va karkas; 5- qopqoq; 6-qopqoqni ko‘taruvchi mexanizm; 7-pechni harakatga keltiruvchi mexanizm; Download 402.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling