Problems and scientific solutions 2022 Australia, Melbourne
PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
36-40
PROBLEMS AND SCIENTIFIC SOLUTIONS
2022 Australia, Melbourne 39 hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash ham umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qilgach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan- yoqmagani va undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to‘liq tushuntirishga berilib ketib, qatnashuvchilarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Savollarni, odatda, o‘qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o‘quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi; asar mazmunini yaxshi tushunish, mazmun va voqealar orasidagi bog‘lanishni to‘liq esda saqlab qolishda o‘quvchilarga yordam beradi. Hikoyani o‘quvchilar yaxshi o‘zlashtirishlari, unda ilgari surilgan g‘oyani bilib olishlari uchun matn bilan ishlash jarayonida tanlab o‘qish, savollarga javob berish, hikoya qismiga o‘zlari savol tuzishi, so‘z bilan va grafik rasm chizish, reja tuzish, qayta hikoyalashning barcha turlaridan, ifodali o‘qishga tayyorlanish kabi ish turlaridan foydalaniladi.Bugungi kunda yuksak ma’naviyatga ega bo`lgan, har tomonlama rivojlangan sog`lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ustivor vazifalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo`yiladigan talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunda dars jarayonida interfaol metodlarini qo`llash orqali erishiladi. Xulosa qilib aytganda, ma`naviyati yuksak, insoniy fazilatlarga boy yosh avlodni tarbiyalashda hikoyalarni o`qib-o`rganish muhim o`rin tutadi.Ta’lim va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling