Umumlashtirish va konkretlashtirishni bajara olish
Download 93.11 Kb.
|
Matematik diktant amaliy dars uchun
Matematika — insoniy bilimlar sohasi bo‘lib, uning asosini matematik tuzilmalar haqidagi (elementlari o‘rtasida ba’zi munosabatlar aniqlangan to‘plamlar) fan tashkil etadi; xususan, uning o‘rganish obyektiga makon shakllari ham kiradi. Matematikaning umuminsoniy madaniyat va ta’limdagi o‘rnining o‘zgarishi uning barcha fan sohalariga shiddatli kirib borishi bilan bog‘liqdir. Bu „matematik savodxonlik“ tushunchasi mazmunining o‘zgarishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi, vaholanki, an’anaga ko‘ra, bu tushuncha sanash ko‘nikmalarining ma’lum darajasi hisoblashlarni bajarish va arifmetik masalalarni yechish bilan chegaralanar edi. Hozir bu tushuncha matematik til asoslarini o'zlashtirishni ham, mantiqiy tafakkur unsurlarini egallashni ham o‘z ichiga olishi lozim. Bularning barchasi kichik yoshdagi o‘quvchilarga matematikani o'rgatishdan quyidagilarni hosil qilish uchun foydalanish mumkinligi va zarurligini tasdiqlaydi: — aniq va lo‘nda, og‘zaki va yozma matematik til (yozuv shaklini tanlash, atama va timsollardan savodli foydalanish, qobiliyati darajasida matematik nutqni egallash); — o‘quv vazifasini tahlil qila olish (qismlarga ajratish, bu qismlarning o ‘zaro aloqasini o‘rnatish); — masalani matematik tilga o‘tkazish va olingan natijalarni aniq shartlar, modellar, sxemalar bilan taqqoslab ko‘ra bilish; — umumlashtirish va konkretlashtirishni bajara olish; — fahmlab (taxminni ta’riflash, topa bilish), oraliq va yakuniy natijalarni baholay olish; Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning mantiqiy tafakkuni rivojlantirishda matematik diktantlarning o’rni muhimdir. Nomanfiy butun sonlarni nomerlashga o’rgatishda ham og’zaki, ham yozma ravishda matematik diktant olib boriladi. Matematik diktant o’qituvchi tomonidan diktovka qilib turiladi, o’quvchilar esa eshitib topshiriqni bajaradilar. Bunda har bir o’quvchi berilgan topshiriqqa mustaqil ravishda yondashadi va o’z fikr-mulohazalarini, javoblarini aytadilar. Matematik diktant natijasida o’quvchilar mantiqiy fikrlashga, mustaqil qaror qabul qilishga, muammolarni har xil usullar orqali hal qilishga, hozirjavoblikka o’rganadilar. O’quvchilarning bilimini baholash uchun olib boriladigan nazorat ishlarida, dars jarayonida ham matematik diktantlardan o’rinli foydalanish lozim. Download 93.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling