Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Website
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11 th October, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 104 | P a g e TAKRORIY DUKKAKLI DON EKINLARIDA QO‘LLANILGAN NITRAGIN VA MINERAL O‘GʻITLAR ME’YORLARINING PAXTA TOLASINING TEXNOLOGIK SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI A. A. Iminov q.x.f.d., Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent D. E. Xoldarova q.x.f.f.d., Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent D. M. Gʻaniyeva mustaqil tadqiqotchi, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon Annotasiya Paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlar takroriy ekin sifatida yetishtirilgan soya va mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berilib, mineral o‘g‘itlarning N 30 R 90 K 60 kg/ga me’yori qo‘llanilgan fonlarda kelgusi yili g‘o‘za parvarishlangan variantlarda kuzatilib, tola chiqishi o‘tmishdosh ekin sifatida yetishtirilgan takroriy ekin turlari bo‘yicha mos ravishda 38,5-38,8 % ni, 1000 dona chigit massasi esa 116,8-117,5 g. ni, nisbiy uzilish kuchi 4,8 gs ni, liniyaviy tig‘izligi 179-180 m/teks ni, nisbiy uzilish kuchi 26,8-27,0 gk/teks ni, tola uzunligi 34,1-34,3 mm ni tashkil etganligi aniqlandi. Kalit so‘zlar. Takroriy ekin, soya, mosh, g‘o‘za, nitragin, mineral o‘g‘itlar, azot, fosfor, kaliy, paxta tolasi, chigit, nisbiy uzilish kuchi, tola uzunligi. Kirish Hozirda dunyoning 80 dan ortiq davlatlarida paxta yetishtiriladi, 110 dan ortiqdavlatlarda esa paxta tolasidan mahsulotlar tayyorlanadigan to‘qimachilik sanoati mavjud. Shuni ta’kidlash lozimki, paxta yetishtiruvchi davlatlar qatoriga turli yillarda turli davlatlar kiritilishi yoki undan chiqarilishi mumkin. Chunki dunyo statistikasida ma’lum miqdordagi tola yetishtiriladigan davlatlargina paxta yetishtiruvchi davlatlar toifasiga kiritiladi. Dunyo bo‘yicha paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchi mamlakatlardan eng yiriklari Xitoy, AQSH, Hindiston, Pokiston, Braziliya va O‘zbekiston hisoblanadi [2]. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling