Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11 th October, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 105 | P a g e Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1 (g‘o‘za:g‘alla) tizimida g‘o‘zani takroriy ekin sifatida dukkakli-don (soya, loviya, mosh) va aralash siderat (perko, suli, ko‘k no‘xat) ekinlaridan so‘ng yetishtirilganda undan yuqori va sifatli paxta hosili olishni ta’minlab, paxta hosildorligi 3,2-5,8 s/ga, tola chiqishi 1,0-1,5 foizga, 1000 dona chigit massasi 9,0-11,0 g/ ga, tola uzunligi esa 1,4-2,0 mm ga yuqori bo‘lishi aniqlangan [3, 6]. Takroriy ekin moshda N–25, P 2 O 5 –80, K 2 O–60 kg/ga va soya o‘simligida N–60, P 2 O 5 –90, K 2 O–60 kg/ga me’yorlarda qo‘llanilib yaratilgan fonlarda g‘o‘zaning “Andijon-36” va “Navro‘z” navlari parvarishlanganda paxta tolasining chiqishi nazoratga nisbatan 1,1–0,9 va 0,4–0,7% ga, tola uzunligi 2,0–1,8 va 0,4–1,0 mm ga, 1000 dona chigit vazni o‘rtacha 2,8–3,8 va 1,3–3,0 g. ga, moydorligi esa 1,1–1,7 va 0,9–0,9 foizga yuqori bo‘lganligi aniqlangan [5]. Tadqiqot o‘tkazish sharoiti va uslublari. Tadqiqotlarimiz 2009-2012 yillar mobaynida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti o‘quv tajriba uchastkasi dalalarida olib borilgan bo‘lib, takroriy ekin sifatida mosh ekinlari urug‘larini ekish oldidan Phaseolus radiatus 148, soya ekini urug‘larini ekish oldidan Bradyrhizobium japonicum SB5 shtammlaridagi nitragin bilan ishlov berilgan va berilmagan fonlarda mineral o‘g‘itlarning quyidagi o‘g‘itsiz, RK 90:60, NRK 30:90:60, NRK 60:90:60 va NRK 90:90:60 kg/ga me’yorlari sinab ko‘rildi. Ushbu yaratilgan fonlarda kelgusi yili g‘o‘za yetishtirilib, paxta tolasining texnologik sifat ko‘rsatkichlariga o‘tmishdosh takroriy dukkali-don (mosh, soya) ekinlarida qo‘llanilgan nitragin va mineral o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar dala va laboratoriya sharoitlarida olib borilib, bunda dala tajribalarini joylashtirish, hisoblashlar va kuzatuvlar “Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari”, o‘simliklardagi tahlillar “Metodika polevix opitov s xlopchatnikom” uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borilgan [1, 4]. Dala tajribalarini olib borishda foydalanilgan barcha qishloq xo‘jalik ekinlarini parvarishlashda mineral o‘g‘itlardan: ammiakli selitra (N 33-34 %), ammofos (N 11- 12 %, R 2 O 5 -46%), suprefos (N 5-6 %, R 2 O 5 -32%), kaliy xlor (K 2 O-60 %) qo‘llanildi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling