Проект новой редакции налогового кодекса


Download 0.67 Mb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1199309
1   2   3
Bog'liq
ERGASHEV SAMANDAR BOZORNI SIGMENTLASH

Bozor segmentlarining aniq bir turi yo‘q, bozorning holatiga yaxshi moslashish uchun bozorni segmentga ajratishning bir necha usullarini birdaniga yoki alohida-alohida qo‘llash mumkin. Bozorni jo‘g‘rofiy, demografik va psixografik xususiyatlariga ko‘ra segmentlarga ajratish mumkin


Geografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Bozorni bu xususiyati bo‘yicha segmentlarga ajratish uni geogragik birliklarga, ya’ni davlat, hududlar, shaharlar, jamoatlarga ajratishni talab etadi.
Demografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Bozorning bu xususiyati demografik o‘zgaruvchilar ya’ni jinsi, yoshi, oila hajmi, ma’lumoti, dini va millati asosida birliklarga bo‘ladi. Demografik o‘zgaruvchilar – eng ommabop omillar bo‘lib, asosan iste’molchilarning guruhini farqlashga xizmat qiladi. Ommabop bo‘lishning birdan bir sababi shundan iboratki, tovarni iste’mol qilish intensivligining demografik belgilarga bog‘liqligidir.
Daromad darajasi. Bozorni segmentga bo‘lishning yana bir eski usullaridan hisoblanib, daromadlar darajasi orqali u yoki bu tovarga bo‘lgan iste’molchilar ehtiyojini har doim ham aniqlab bo‘lmaydi.
Psixografik xususiyati bo‘yicha segmentlash. Psixografik xususiyati bo‘yicha segmentlashda xaridorlarning tegishlilik belgisiga ya’ni hayot (yashash) tarzi va shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra jamoat sinfiga, guruhlarga ajratish. Biron bir demografik guruhning psixologik xususiyati turlicha bo‘lishi mumkin.

Odatda, segmentlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.


Birinchi - tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste’molchilar qanday tovarni xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi.
Ikkinchi usul - iste’molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash.
Makrosegmentlash, deb nomlanadigan birinchi bosqichda «tovar bozori» aniqlanadi. Mikrosegmentlash, deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi. Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling