Профессионал таълим муассасасида ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий-педагогик маҳоратини ривожлантириш бўйича таклифлар


Download 14.89 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi14.89 Kb.
#1706850
Bog'liq
Taklif S.Uralov


Профессионал таълим муассасасида ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий-педагогик маҳоратини ривожлантириш бўйича таклифлар



Қилинган ишлар

Мавжуд муаммо ва камчиликлар

Бартараф этиш чоралари

1

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” 2020 yil 23-sentyardagi 637-son Qonunining 47-moddasida, ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi belgilab qo‘yildi. Jumladan, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga ishlab chiqarish sohasida ta’lim beruvchi va sohaga oid kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan ishlab chiqarish ta’limi ustalari vazifasiga zarurat bo‘lganda, ishlab chiqarish sohasida kasbiy ma’lumotiga oid amaliy tajribaga ega bo‘lgan, lekin, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan mutaxassislar bilan ta’minlash mumkinligi qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustdagi 466-son qarorida, professional ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik, kasbiy va psixologik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirishga mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shu nuqtai nazardan, professional ta’lim muassasalarida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik kompetentligini takomillashtirish jarayonlarini loyihalashtirish, chora-tadbirlar rejasi va dasturlarini tuzish hamda amalga oshirish tizimi bo‘yicha biror normativ-huquqiy hujjatlar yoki tavsiyalar ishlab chiqilmagan.
Shuning uchun, hozirda aksariyat ishlab chiqarish ta’limi ustalarida pedagogic bilimlar etishmaydi yoki ular uchun ichki o‘qishlar tashkil etilmagan.

  1. Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy-pedagogik mahoratini rivojlantirish maqsadida, ta’lim muassasasida muntazam ichki o‘qishlarni tashkil qilish tizimi va yoki mexanizmini ishlab chiqish;

  2. Ichki o‘qitish bo‘yicha dasturlarni, ularning kasb standartlari, malaka talablari va lavozim vazifalaridan kelib chiqib kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqish;

  3. Ustalarning doimiy o‘z ustida ishlab pedagogik bilimlarini rivojlantirib borish maqsadida, ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun elektron platforma ishlab chiqish;

  4. Ustalarning pedagogik bilimlarini doimiy baholab borish va monitoringini yuritishda akmeologik yondashuv asosida monitoring tizimini ishlab chiqish;

  5. Elektron platforma orqali yuqori natijalarga erishayotgan ishlab chiqarish ta’limi ustalarini pedagogik attestatsiyadan o‘tkazish va mos toifalarni berish tizimini ishlab chiqish.

Download 14.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling