Professor-o‘qituvchilaning ilmiy salohiyat darajasini oshirish masalasidagi bajarilayotgan ishlar


Download 29 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi29 Kb.
#1250512
Bog'liq
ilmiy salohiyat


Professor-o‘qituvchilaning ilmiy salohiyat darajasini oshirish masalasidagi bajarilayotgan ishlar.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari jarayonida yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning ruxiy va ijtimoiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogika fanlarining psixologik va pedagogik muammolarini o’rganish va ta’lim jarayonini sifatli tashkil qilishga qaratilgan bilimlarini rivojlantirishdan iboratdir. Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy hamkorlik qilish, oʻzaro tajriba almashish va professor-oʻqituvchilarning malakasini yanada oshirib borish maqsadida OTMlar bilan ilmiy aloqalar oʻrnatilgan. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitetning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar. Kafedrada professor-o`qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish bo`yicha reja asosida izchil ravishda chora tadbirlar olib borilmoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy jurnallarda, Respublika OAK e’tirofidagi ilmiy jurnallarda o‘z ilmiy maqolalarini nashr ettirmoqdalar. Shuningdek, xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishmoqda. Aniq va tabiiy fanlar kafedrasida professor-o’qituvchilarning 25.8 % ilmiy unvon va darajalarga ega. Shu jumladan, ichki o’rindosh fan doktori DsC 2 ta, fan nomzodi PhD lar 6 ta. Bizning kafedradagi barcha asosiy shtatdagi o’qituvchilarning ilmiy ish mavzulari tasdiqlangan.
Kafedraning kelajakdagi istiqbolli rejalari

  1. Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish va tarkibni yoshartirish.

  2. Kafedra fanlaridan laboratoriya ishlarini to‘liq bajarilishini ta’minlash.

  3. Kafedrada xo‘jalik shartnomalari va Davlat grantlari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishni yo‘lga qo’yish.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling