Professor o’qituvchilar faoliyatini baholash bo’yicha 110 ballik reyting tizimi
Download 15.26 Kb.
|
110 ballik hisobot
Professor o’qituvchilar faoliyatini baholash bo’yicha 110 ballik reyting tizimi tahlili
Oliy ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari faoliyatini o‘rganish mezonlari mavjud. O’quv-metodik faoliyati 40 ballni tashkil etadi. Bulardan o’qituvchilik faoliyati uchun 20 ball ajratiladi. O’qituvchilik faoliyati o’z ichiga Nazariy bilimlarni, amaliy ko‘nikmalarni va o‘qitiladigan fanning zamonaviy tendensiyalarini egallaganlik darajasi (ochiq mashg‘ulotlar natijalari bo‘yicha), O‘qitish sifati darajasi (talabalardan so‘rab chiqish natijalari bo‘yicha), Talabalarning o‘qituvchining yo‘llanmasi (fani) bo‘yicha olimpiadalarda, har xil tanlovlar va ilmiy grantlardagi ishtirokini oladi. Metodik ishlari uchun 20 ball ajratiladi. Metodik ishlar o’z ichiga Yil mobaynida oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi tomonidan nashr etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari soni, O‘qitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi, o‘quv kursini va o‘quv-taqdimot materiallarini ishlab chiqish, O‘quv jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalari va talabalar bilimlarini baholashning ilg‘or usullari qo‘llanilishi darajasini oladi. O’qituvchining tarbiyaviy faoliyati uchun 20 ball ajratiladi. Uning ichiga Talabalar bilan tarbiyaviy ish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish: ma’naviy-ma’rifiy ishlar, sport klublari, ilmiy, ijodiy to‘garaklar, madaniy tadbirlar va shu kabilar, Talabalarning akademik guruhlarida kuratorlik, Talabalarning o‘qishdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil etishdagi ishtiroki, Idora, mintaqa doirasida bajariladigan jamoatchilik ishlari va oliy ta’limdan tashqari ishlar kiradi. O’qituvchi ilmiy faoliyati uchun 30 ball ajratiladi. Uning ichiga Ilmiy konferensiyalar ishida ishtirok etish, Ilmiy nashrlarda (shu jumladan xorijiy ilmiy nashrlarda) materiallar, monografiyalar e’lon qilish, Xalqaro, ilmiy loyihalarga, xo‘jalik shartnomalariga rahbarlik qilish yoki ularda ishtirok etish, Patentlar va ixtirolar soni, Tayanch doktorantlar va doktorantlarning dissertatsiya tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik qilish, Doktorlik dissertatsiyalari doirasida ilmiy tadqiqot olib boorish kiradi. Oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga qo‘shgan ulushi 10 ballni tashkil etadi. Buning ichiga Boshqa ta’lim muassasalari: oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda ishtirok etish (o‘qituvchilik faoliyati va ular uchun bilimlar darajasini oshirish treninglarini tashkil etish), Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ayirboshlash dasturlarida ishtirok etish va ularni tashkil etish, Yangi yo‘nalishni, yangi kafedrani, laboratoriyani ochish ishida, Axborot-resurs markazining elektron bazasini to‘ldirishda ishtirok etish kiradi. O’qituvchining shaxsiy fazilatlari 10 ballni tashkil etadi. Uning ichiga Ilmiy daraja va ilmiy unvon, Malaka oshirish kurslaridan o‘tish, Xorijiy tillarni egallaganlik, materiallarni ishlab chiqish va fanni o‘qitishda ulardan amalda foydalanish, Xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarda stajirovkadan o‘tish kiradi. Bu ball jami 110 ni tashkil etadi. Professor o’qituvchilar yuqorida keltirilgan mezonlarlar asosida baholanadi. IPI rahbar B. Hakimova Magistr H. Jabborova Download 15.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling