Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Beshinchi yo`nalish – xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Beshinchi yo`nalish – xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy 
bag’rikenglikni ta’minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy 
tashqi siyosat sohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog’liq bo`lib, bunda dunyo 
qalqib turgan, turli mintaqalarda urush davom etayotgan, qon to`kilayotgan bir 
sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlashga jiddiy e’tibor berish eng muhim 
vazifalardan biri sifatida belgilangan. O`ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130 dan 


581 
ziyod millat va elat vakillari yashayotgan O`zbekistonda tinchlik va barqarorlikni 
ta’minlash, o`zaro ishonch, bir-birini tushunish, turli e’tiqod va madaniyatlarni 
hurmat qilish singari bag’rikenglik fazilatlarni yanada chuqurlashtirishning 
ahamiyati beqiyos ekanligi ta’kidlanadi.
O`zbekiston deb atalgan umumiy xonadonimiz, 32 millionli oilamiz istiqboli 
uchun diniy e’tiqodi, milliy mansubligi, kasbu kori va yoshidan qat’i nazar, har bir 
fuqaro mas’ul ekanini anglash, farzandlarimizni shu ruhda tarbiyalash asosiy 
vazifa etib belgilangan. 
O`zbekistonning 
tashqi 
siyosatida,
O`zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasida belgilanganidek, davlatlarning suverenitetini, hududiy yaxlitligini 
hurmat qilish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning 
daxlsizligini saqlash, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki 
ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan 
boshqa qoida va normalariga asoslanib, o`zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat 
olib borish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib 
qo`yilgan. 
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo`nalishlari bo`yicha
Harakatlar strategiyasi o`tgan 25 yil davomida 
mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, tarixiy tajribalarni umumlashtirib, hozirgi 
kunda davrning o`zi oldimizga qo`yayotgan dolzarb masalalarni hisobga olib, 
keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo`ljallangan tarixiy taraqqiyotning 
yangi ufqlarini ochib berishga qaratilgan bo`lib, u o`zining mohiyat e’tibori bilan 
O`zbekistonni yangi rivojlanish bosqichiga ko`tarishni ta’minlaydigan strategik 
dasturdir. 
Xalqimiz o`rtasida “Harakatlar strategiyasi” degan nom bilan tobora 
mashhur bo`lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dasturning har bir 
yo`nalishi va bandi, uning ajralmas qismi bo`lgan “Xalq bilan muloqot va inson 
manfaatlari 
yili 
(2017)”,
“Faol tadbirkorlik, innovasion g’oyalar va 
texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili (2018)” Davlat dasturlarining samarali 


582 
amalga oshirilishi har birimizning mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, 
shu yurtning fidoyi farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog’liqdir. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling