Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
3 KIRISH Vatan tarixini chuqur o`rganish, tadqiq etish, uning boy va sermazmun sahifalariga bugungi kun nuqtai nazaridan atroflicha, xolisona baho berish davr talabidir. Chunki tarixni o`rganmay, barkamol avlodni shakllantirib bo`lmaydi. Vatan tushunchasi tarixiy xotira, tarixiy ong zamirida shakllanadi. Vatan tuyg’usining takomili o`rta va oliy ta’lim muassasalaridagi gumanitar ta’lim, eng avvalo, Vatan tarixini o`rganish orqali mustahkamlanadi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o`rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Buyuk ajdodlarimiz bo`lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini, ularning butunjahon sivilizasiyasi rivojiga qo`shgan bebaho hissasini chuqur o`rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga ega” 1 , – deb ta’kidlaydi. O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Vatan tarixining barkamol insonni shakllantirishdagi o`rniga yuksak baho berib: “Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo`lmaganidek, o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi” 2 , – degan edi. Islom Karimov asarlarida O`zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o`rganish, o`zbek xalqi davlatchiligi tarixidagi boy an’analarni tadqiq etish masalasi dolzarb muammo tarzida ta’kidlanadi 3 . 2012 yil 27 yanvarda “O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O`zbekistonning eng yangi tarixi bo`yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to`g’risida” qaror qabul qilindi 4 . 1 Mirziyoеv Sh.M. Tinchlik, mа’rifаt vа bunyodkоrlik yo`lidа hаmkоrlik. / ”Хаlq so`zi”, 2016 yil 19 оktyabr. 2 Kаrimоv I.А. O`zbеkistоnning o`z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo`li. – T., 1992, – B. 71. 3 Kаrimоv I.А. O`zbеkistоn mustаqillikkа erishish оstоnаsidа. – T., 2011.– B. 165-166. 4 O`zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun hujjаtlаri to`plаmi. – 2012. – 5-sоn. 4 O`zbekiston tarixi dolg’ali va sharafli voqea-hodisalar hamda jarayonlarga boy kechgan. Mamlakatimizni g’oyat murakkab va mashaqqatli sinovlariga dosh berib, bugungi istiqlolga erishuvida yuz minglab Vatandoshlarimizning ulkan hissasi borligini e’tirof etmoq joizdir. Qolaversa, eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizasiyasi o`choqlaridan biri hisoblangan yurtimizda mahalliy xalqlarga xos noyob tarixiy-madaniy jarayonlar bo`lib o`tgan. O`lkamiz hududlari dunyo tamadduni tarixiy taraqqiyotida o`chmas iz qoldirgan olimu fuzalolar, davlat arboblari, buyuk sarkardalar bilan haqli ravishda faxrlansak arziydi. Chunki O`zbekiston tarixi kelajagimiz bunyodkorlari bo`lgan yosh avlodni tarbiyalashda, ularga Vatan tuyg’usini yanada teranroq anglashda, milliy g’urur va iftixor, vatanparvarlik tuyg’ularini singdirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “o`z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q” 1 . Ushbu o`quv qo`llanmasi Vatanimiz tarixining qadimgi davridan boshlab, hozirgi kunigacha bo`lgan ulkan davrni o`z ichiga oladi. Mavzularni yoritish jarayonida muammolarning tub mohiyati, tarixiy-madaniy jarayonlarning asoslari, omillari va rivojlanishi, sabablari, oqibatlari va natijalari sharhiga e’tibor beriladi. SHuningdek, mualliflar Vatanimiz hududida bo`lib o`tgan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqida xolisona xulosalar chiqarishga intilganlar. Mualliflar tarixiy manbalar, ilmiy tadqiqotlar va tariximizga oid adabiyotlarni o`rganish asosida, boy va sermazmun tariximizni sodda va tushunarli tarzda etkazishga harakat qildilar. Albatta, ushbu qo`llanmada bayon qilingan tarixiy davrlar, voqealar, bosqichlar hamda sanalar hozirgi mustaqillik davri nuqtai nazaridan ko`rib chiqilgan va xolis baho berilgan. Biroq ularni yoritishda o`quvchi-kitobxonlarda muayyan takliflar, fikr-mulohazalar tug’ilishi mumkin. Kitobni yanada mukammallashtirish, to`ldirish hamda takomillashtirish yuzasidan fikrlar va takliflar bo`lsa, albatta inobatga olamiz. 1 Kаrimоv I. А. Yuksаk mа’nаviyat – еngilmаs kuch. – T., 2008. – B.4. 5 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: “Kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o`rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy komp’yuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. Ana shu vazifani hal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida idoralar o`rtasidagi o`zaro kelishmovchilik, afsuski, jiddiy to`siq bo`lmoqda”, - deb ta’kidlagan edi. Prеzidеntimiz qo`ygаn vаzifаlаrni eъtibоrgа оlgаn hоldа hаmdа mаmlаkаtimizning bоy tаriхini, uning bеtаkrоr mаdаniyati vа milliy qаdriyatlаrini аvvаlо o`rgаnish, tаdqiq qilish, shuningdek kеng tаrg’ib qilish mаqsаdidа mаzkur o`quv qo`llаnmа tаyyorlаndi. Ushbu o`quv qo`llаnmаdа O`zbеkistоn tаriхi fаnining nаzаriy-mеtоlоgik muаmmоlаri, хаlqimizning eng qаdimgi zаmоnlаrdаn hоzirgi kungаchа bоsib o`tgаn tаriхiy yo`li, o`zbеk dаvlаtchiligi vа mаdаniyati rivоji, o`zbеklаr хаlqining shаkllаnish jаrаyoni, mustаqillik vа оzоdlik uchun mаrdоnаvоr kurаshi, o`z mustаqilligini qo`lgа kiritishi hаmdа mustаqillik yillаridаgi ulkаn yutuqlаri yoritilgаn. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling