Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
O`zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
6 O`zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari. 1-§. O`zbekiston tarixi fanining predmeti va vazifalari Har qanday fanning tadqiqot maydoni, o`rganish manbai bo`ladi. Shu jumladan tarix fanining ham. Tarix faning predmetini belgilash tarixiy bilim nazariyasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Uning echimini to`g’ri, ilmiy asoslangan, nazariy va amaliy jihatdan asosli qilib yaratish fan taraqqiyotini belgilaydi. Bu esa tarixiy bilim tabiatini, uning o`ziga xosligini belgilashdan iborat. Ana shu ilmiy mezon va me’yor tarixiy ma’lumotga erishish yullari va vositalarini aniq belgilashni taqozo etadi. Tarix tushunchasi haqida 30 ga yaqin yondoshuv va tadqiq etish usullari mavjud. O`zbekiston tarixini o`rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish vazifasini faqat o`z Vatani tarixini yaxshi bilgan, qalbida unga xizmat qilishni muqaddas burch ekanligini his qilgan, ijtimoiy faol fuqarolarni tarbiyalash orqali hal etish mumkin. Shuning uchun ham, O`zbekistonning Вirinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Vatanimiz tarixi va madaniyatini ta’lim-tarbiya tizimining barcha muassasalarida o`rganish muhim siyosiy vazifa sifatida belgi- langan edi 1 . “Tarix” so`zining lug’aviy ma’nosi, aslida, arabcha bo`lib, o`zbek tilida “vo- qealar, o`tmish haqida hikoya qilish” ma’nosini anglatadi. O`zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismi bo`lib, o`z predmeti va vazifalariga ega. O`zbekiston tarixi fanining predmeti eng qadimgi zamonlardan bugungi kungacha xalqimiz hayotida kechayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy jarayonlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozga uchrashi qonuniyatlarini o`rganishdan iborat. Boshqacha aytganda, O`zbekiston tarixi ajdodlarimiz hayoti 1 Kаrimоv I.А. Vаtаn sаjdаgоh kаbi muqаddаsdir. T.3. – T., 1996. – B. 38. 7 bilan bog’liq voqealar rivojining mantig’i, sabab va oqibatlarini, asrlar davomida to`plangan tajriba hamda saboqlarni o`rganadi. O`zbekiston tarixini o`rganish zarurati quyidagilardan kelib chiqadi: Birinchidan, bugungi kunda O`zbekiston hududida istiqomat qilayotgan xalqlarning tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalar, xalq og’zaki ijodi namunalari yurtimiz jahon tamadduni beshiklaridan biri bo`lganini ko`rsatadi. Bu qadimiy va tabarruk zamindan buyuk allomalar, fozilu fuzalolar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar etishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlar yara- tilgan va sayqal topgan. Miloddan avvalgi va undan keyingi davrlarda bunyod etilgan inshootlar, osori-atiqalar, bu zaminda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati rivoj topganidan dalolat beradi. Mustaqillik sharofati bilan ajdodlarimizning ilmiy, axloqiy va diniy bilimlari, asrlar davomida turli sohalarda to`plagan boy tajribasi, qarashlari, milliy qadriyatlarini to`liq o`rganish, ularni O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, demokratik huquqiy davlat qurish, mamlakatimizni buyuk davlatlar qatoriga ko`tarish, xalq farovonligini yuksaltirishdek olijanob maqsadga xizmat qildirish muqaddas burchimizdir. Ikkinchidan, O`zbekiston tarixini fan sifatida o`qitib, ijtimoiy jarayonlarni chuqur tahlil qilish orqali rivojlanish qonuniyatlari, sabab va oqibatlarini aniqlash va tushuntirib berish bilan yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, intellektual qobiliyatini yuksaltirish maqsadlariga erishiladi. Tarixiy jarayonlarning tasodifiy, o`zaro bog’lanmagan emas, aksincha, muayyan rivojlanish qonuniyatiga, mantig’iga ega hodisalar ekanligini tushunib etgan ongli inson aldanmaydi. Zero, u har bir narsani aql va mantiq tarozisiga solib ko`radi va to`g’ri xulosa chiqara oladi. Uchinchidan, O`zbekiston tarixi millatimizning o`zligini anglashiga salmoqli hissa qo`shadi. Aynan O`zbekiston tarixini o`rganish jarayonida xalqimizning o`zligini anglashga bo`lgan ehtiyoji to`laroq ta’minlanadi. Prezident Islom Karimov ta’kidlagan ediki: “YUrtimizni yangi bosqichga, yangi yuksak marraga olib chiqmoqchi ekanmiz, bunda bizga yorug’ g’oya kerak. Bu g’oyaning zamirida 8 xalqimizning o`zligini anglash yotadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o`zlikni anglash mumkin emas” 1 . To`rtinchidan, mustaqil davlatimizning kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotida o`zini oqlagan insonparvar demokratik rivojlanish yo`lini tanlashi, turli siyosiy partiyalar, harakatlar va birlashmalar faoliyatida ishtirok etayotgan fuqarolarning davlatimizning barqaror rivojlanishi uchun siyosiy ongi va madaniyati yuksak darajada bo`lishi talab etiladi. O`zbekiston tarixi fani jahondagi ilg’or demokratik kuchlarning, davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida fuqarolarning siyosiy madaniyatni shakllantirish orqali, ularni boshqarish ishlarida ishtirok etishida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun yo`l-yo`riqlarini ko`rsatib berish kabi bir qator siyosiy-amaliy vazifalarni ham bajaradi. Beshinchidan, tarix ijtimoiy fan sifatida barkamol avlodni tarbiyalashda dolzarb ahamiyatga ega. Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda” 2 . Tarixni ilmiy tahlil qilish, uni idrok etish, yuz bergan jarayonlar orqali muayyan davrni baholash, har bir davr kishilari munosabatini o`rganish va uni idrok etish tarix nazariyasi tushunchasining mazmunini belgilaydi. Tarixni idrok etish va o`rganish jarayonida tarix nazariyasining yirik oqimlari vujudga keldi. Tarix nazariyasini teologik (ilohiyat) nuqtai nazaridan idrok etish, o`tmishni Alloh idorasi orqali tushunish va anglash hisoblanadi. Metofizik tarix nazariyasi hech qanday chegaralarsiz turli shakllarga kiradigan tushunchalar tizimidir. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling