Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Tarix fanining ob’ekti va metodologiyasi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Tarix fanining ob’ekti va metodologiyasi. Tarix nazariyasi real tarixiy 
jarayonni tafakkur orqali anglash, tarixga inson aqli va fe’l atvorining mahsuli, 


11 
manfaatlar 
natijasi 
sifatida 
yondoshish 
tarixiy 
jarayonning 
nazariy 
interpretatsiyasidir. 
Tarix nazariyasi inson va tabiat, inson va jamiyat, odam va olam haqidagi 
nazariy bilimlarning alohida sohasi bo`lib, unda asosan insoniyat tarixi asoslari, 
tarixiy jarayon va uning mohiyati kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida 
so`z yuritiladi, ular ilmiy-nazariy tadqiq etiladi. 
Tarix nazariyasi turli yo`nalishlarda tadqiq etiladi: teologik, metofizik, 
idealistik, naturialistik, materialistik, individualistik va kollektivchilik yo`nalishlar. 
Tarix nazariyasining ildizlari Geradot va Fukidid qarashlaridan boshlanib 
Polibiy, Plutarx qarashlarida shakllana boshladi. Avgustin ilohiy davlat tarixi 
nazariyasini yaratdi. XVIII asrda jahon tarixi nazariyasining yo`nalishlari tubdan 
o`zgardi. Leybnis tarixda metofizika – ya’ni kuchlar va g’oyalar ustivor deb 
tushunsa, Gegel tarixda inson aqli va tafakkurini ustun qo`yadi.
XIX-XX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish 
nazariyasi bilan bir qatorda A.Shopengauer, Ya. Burgxardt, O.Shpengler tarixni 
tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari tarixiy 
materializm g’oyalarini ilgari surdi.
Olimlar tarixiy taffakkur Yunonistondan Evropaga ko`chganini, G’arb 
taffakkuri qadimiy Yunon falsafasi tasirida dunyoga kelganini, keyinchalik 
Sharqqa ko`chganini ta’kidlaydi. 
Sharqda 
tarixni 
nazariy 
anglashning 
yo`nalishlari: 
tarixshunoslik, 
tarixnavislik, manbashunoslik, falsafa va boshqa sohalar kabi aniq bir yo`nalish 
sifatida shakllanmagan bo`lsada, ana shu sohalar bilan birga demokrafiya
madaniyatshunoslik, aholishunoslik, sosiologiya, ruhshunoslik va boshqa ijtimoiy 
fanlarning yaxlit, ularning barcha talablarini o`zida mujassam etgan tarixiy-badiiy, 
falsafiy-mantiqiy tadqiqot sifatida yuzaga keldi. Buni Beruniyning «Aljavohir», 
«Tavdid», Mirxoidning «Ravzat-us-safo» va boshqalarning asarlari misolida 
kurish mumkin. 
Sharqda tarix tushunchasi o`ziga xos jihatlarga ega. Farobiy qarashlariga 
ko`ra jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Arestotelning jamiyat 


12 
haqidagi ta’limotini boyitdi. Beruniy tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, 
astrologiya, astronomiya; kecha va kunduz, fasllar almashuvi orqali o`rganadi. 
«Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida insoniyat 
tarixini anglashda yangicha yondashadi. Beruniy dunyo tarixshunosligida 
asotrlardan ilmiy bilish va dunyoviy ta’limotga o`tishda muhim hissa qo`shdi.
SHarq tarix falsafasi bir necha yo`nashlarda ko`zga tashlanadi: jumladan
podsholiklar tarixi badiiy ifoda va obrazlar orqali ochib beriladi. Voqealar tahlili 
ibratli axloqiy me’yorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda 
tarixga geografik-hududiy jihatdan yondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat 
tarixi yaratiladi. Podsholiklarning boshqaruv usuli, siyosati ochib beriladi.
Vaqt o`tgan sari taffakkurning yangi qirralari o`zining imkoniyatlarini 
namoyon etadi. Natijada odam va olam, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar 
takomillashib boradi. Natijada tarix nazariyasi tushunchasi kengaydi. Ijtimoiy 
fanlarning muhim yo`nalishi sifatida uning predmeti va tadqiqot ob’ektiga aniqlik 
kiritildi. Okibatda u bugungi kungacha bo`lgan taraqqiyot yo`lini o`tdi. Hozirgi 
zamon tarix nazariyasi oldida turgan eng muhim vazifalar quyidagilardan iborat: 
1. 
insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarining manbalari va mohiyatini 
o`rganish;
2. 
insoniyat tarixini, jumladan milliy tarixni kommunistik mafkura 
asosidagi ilmiy metodologiya tamoyillaridan voz kechib, milliy g’oya asosida 
o`rganish hamda davrlashtirish muammosini xal etish; 
3. 
sivilizasiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini 
ishlab chiqish, inqirozi sabablarini tahlil etish; 
4. 
tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni o`tmish, bugun 
va kelajak tizimida mantiqan o`rganish hamda insoniyat istiqboli haqida 
tassavvurlarga aniqlik kiritish; 
5. 
tarixiy taraqqiyotni diniy va dunyoviy qonuniyatlar asosida o`rganish, 
nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan xulosalarni ishlab chiqish; 
6. 
qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq 
etish va baholash; 


13 
7. 
insoniyat tarixida to`plangan moddiy, ma’naviy va madaniy 
qadriyatlarning tarixiy tahlil orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o`rganish; 
8. 
tarixni anglashning yangi yo`nalishlarini hozirgi zamon falsafiy 
taffakkur mezonlari asosida belgilash, tarixning murabbiylik rolini oshirish; 
9. 
yaxlit insoniyat tarraqqiyoti omillari va manbaalarini o`rganish, shu 
asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash: 
10. 
tarix fani predmeti va metodologiyasini xozirgi zamon talablari 
asosida qayta ishlab chiqish, tarixni tadqiq etishning turli yo`nalishlarini, jumladan, 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, san’at, din tarixi va etnogenezis yo`nalishlari 
bilan mushtarak holda insoniyat tarixi mohiyatini ochib berish; 
11. 
huquq 
va 
davlatchilik 
tarixi, 
sosiologiya, 
antropologiya 
insonshunoslik, inson sosiogenezi kabi fanlar bilan bog’liq holda yaxlit tarixini 
idrok etish. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling