Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
-§. O`zbekiston tarixini o`rganishning ilmiy-nazariy
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
2-§. O`zbekiston tarixini o`rganishning ilmiy-nazariy
va uslubiy asoslari Tarixni o`rganishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari deganda voqea, hodisa, jarayonlarni, tarixiy shaxslarning faoliyatini to`g’ri, haqqoniy yoritish, xolisona tahlil qilishning umume’tirof etilgan, shuningdek xususiy qonun-qoidalari va uslublari majmui tushuniladi. O`zbekiston tarixining ilmiy-nazariy va metodik asoslari quyidagi hujjatlarda o`z aksini topgan: - O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari; - Oliy Majlis, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar; - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridagi ilmiy xulosalar va metodologik ko`rsatmalar; - Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirliklari, Ichki ishlar vazirligining qaror va ko`rsatmalari; 14 - jahon va O`zbekiston tarixiga oid ilmiy adabiyotlardagi xulosalar. Qayd etilgan hujjatlar tarkibiga kirgan uchta manbani alohida ko`rsatish lozim deb hisoblaymiz. Bular birinchi prezident Islom Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» asari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O`zbekiston tarixini yaratish va nashr qilish to`g’risida» (1996 y.) va «O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida»gi (1998y.) qarorlaridir. Ushbu hujjatlarda O`zbekiston tarixini yaratish va o`rganish muammolari, konsepsiyasi, ilmiy- nazariy asoslari batafsil yoritilgan. O`zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlar kabi o`zining muayyan qonun- qoidalariga ega. Ular umumiy va maxsus usullarga bo`linadi. Jumladan, umumiylariga, dialektik metod, ob’ektivlik (xolislik), tarixiylik va boshqa bir qancha qoidalarni kiritish mumkin. Tarixiy hodisalarni chuqurroq o`rganish uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Ularga: statistik, matematik, sosiologik tadqiqot usullarini kiritish mumkin. Aynan shu jihatlar tarixiy hodisalarning miqdor va sifat o`zgarishlarini tahlil qilish asosida ilmiy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Dialektik metod - olamning yagona va yaxlit ekanligi, unda sodir bo`layotgan hodisalar, voqealarning umumiy va o`zaro bog’liqligi, uzluksiz harakatda ekanligi, ziddiyatli rivojlanishi haqidagi ta’limotdir. Dialektik metodologiya O`zbekiston tarixini jahon, shuningdek Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi bilan bog’liq holda o`rganishni taqozo etadi. Haqiqatan ham, Markaziy Osiyo ushbu hududda yashovchi xalqlar uchun yagona iqtisodiy va ma’naviy makon bo`lib kelgan. Mazkur ulkan hududda yashovchi urug’, qabila, qavm, elatlar etnik jihatdan o`zaro ta’sir va aloqada bo`lgan. SHu sababli, O`zbekiston tarixini qo`shni mamlakatlar tarixi bilan bog’liq va bir xalqni ikkinchisiga qarama-qarshi qo`ymagan holda o`rganish kerak. Ob’ektivlik. Tarixiy voqealarni o`rganishning ushbu asosiy qoidasi butun borliqning, har bir tarixiy hodisaning inson xohish-irodasiga bog’liq emasligini ta’kidlagan holda, ularni qanday bo`lsa shundayligicha, xolisona, hech qanday o`zgartirishlarsiz, aniq hujjatlar, ishonchli dalillar asosida, ularning ko`p qirrali, 15 qarama-qarshi salbiy va ijobiy tomonlarini bir butun yaxlit holda, bir qutbga jamlangan hodisa sifatida o`rganish demakdir. Ob’ektivlik tarixiy hodisalar va shaxslarni siyosiy va mafkuraviy qarashlardan xoli tahlil etilishini taqozo etadi. Tarixiylik. Tarixiy voqealarga aniq bir tarixiy davr ichida birin-ketin paydo bo`lgan tarixiy jarayon sifatida qarashni talab qiladi hamda ularning bir zaruriy bosqichdan ikkinchi zaruriy bosqichga o`tish izchilligini ochib beruvchi kalit hisoblanadi. Bu qoida har bir hodisani, eng avvalo, uning kelib chiqishidagi tarixiy shart-sharoitlarni o`rganishni, so`ngra jahondagi boshqa voqealar rivojiga qanday ta’sir o`tkazganligini, ular bilan o`zaro aloqasini tahlil etib, ilmiy xulosalar chiqarish zarurligini e’tirof etadi. Boshqacha aytganda, tarixiy hodisalar va shaxslar faoliyatini tahlil qilishda har bir davrning o`z mantig’idan kelib chiqishi zarur. Aks holda, noto`g’ri xulosa chiqarilishi muqarrardir. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling