Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Milliy va mahalliy xususiyatlarni hisobga olish. Millat va elatlar o`zaro teng
huquqli bo`lib, o`z taqdirini o`zi hal qilish huquqiga ega. SHu bois, tarixiy voqea va hodisani o`rganishda milliy va mahalliy xususiyatlarni, ya’ni har bir millat va elatning tili, dini, hududi va ishlab chiqarish usuli, ruhiyati, urf-odatlari, rasm- rusmlari, an’analari va marosimlarini to`laligicha, har tomonlama hisobga olgan holda o`rganish va ish yuritish muhim. Mazkur qoidaga rioya qilish o`tmish zamonlardagi kabi qabih niyatlar yashiringan mustamlakachilik siyosatining «progressiv» natijalari haqida xayoliy xulosalar chiqarishga imkon bermaydi. Darhaqiqat, o`sha davrga chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish uchun qurilgan temir yo`l, telegraf yoki sanoat korxonalariga qarab emas, balki 1917 yilgacha Markaziy Osiyoda umumiy aholining 95 foizidan ortiqrog’ini tashkil qilgan mahalliy xalqning turmush darajasi qanday o`zgarganligi, siyosiy, iqtisodiy huquqlari qanday ro`yobga chiqarilgani, milliy va ma’naviy ehtiyojlari qay darajada qondirilgani, turmush tarzi, e’tiqodi ixtiyoriy yoki majburiy ravishda o`zgartirilganiga qarab baho berish ilmiy jihatdan to`g’ri bo`ladi. Ijodiy yondashuv. Ob’ektivlik va tarixiylik omillarini to`ldirib turuvchi omillardan biridir. Ilm-fan bir joyda to`xtab qolmaydi, ya’ni yangi manbalar 16 ochiladi, izlanishlar orqali yangi ilmiy xulosalar chiqariiladi. Ulardan tarixiy jarayonlar, shaxslarni baholashda foydalanish ob’ektiv haqiqatni tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, ijodiy yondashuv har bir manbaning asl nusxa yoki soxta ekanligini qayta-qayta tekshirib ko`rishni, ularni muayyan sharoitlarda hisobga olish va qiyoslashni talab etadi. Tarixni o`rganishda ijtimoiy yondashuv qoidasi. Tarixda hech bir jamiyat bir xil aholi qatlamidan iborat bo`lmagan. Barcha davrlarda turli jamiyatlarda ayni vaqtning o`zida har xil ijtimoiy toifalar, sinflar, tabaqalar yashab, hamkorlik qilganlar. Manfaatlar turlicha bo`lgani bois ular o`rtasida ziddiyatlar paydo bo`lgan, lekin aynan shu ziddiyatlar jamiyatni taraqqiyotga etaklagan. Ijtimoiy yondashuv tarixiy jarayonlarni, aholining barcha tabaqalari manfaatlarini, turli ta’sir etuvchi omillarini hisobga olib, birini ikkinchisidan ustun qo`ymagan holda o`rganishni taqozo etadi. Insoniyat tarixini hozirgi sivilizasiya talablari nuqtai nazaridan baholash, o`tmishga bugungi kun ehtiyoji bilan qarash zaruratga aylandi. A.Toynbi «XX asrda yalpi jahon tarixi boshlanadi», degan edi. Darhaqiqat bugungi dunyo «umumiy makon» taqdiri bilan bog’liq holda insoniyat kelajagiga daxldor bo`lgan intilishlar va maqsadlar integrasiyasini vujudga keltirmoqda. Har qanday millat yoki makon tarixiy taqdiri global mohiyat kasb etmoqda. G’arb dunyoqarashida ikki yo`nalish mavjud: 1) olamni anglash va uni tushuntirishda tafakkur imkoniyatlaridan foydalanish, dunyoni rasional talqin etish va u haqdagi tasavvurlarni ilgari surish; 2) inson, uning irodasi mavjudligi va boshqa fazilatlarni o`zida mujassam etgan qadriyatlar tizimi haqidagi qarashlar. Sharqda tarixni o`rganishning asosan ikki yo`nalishi mavjud. Bu bevosita tabiat, tabiiy hodisalar, olamning yaralishi bilan bog’liq bo`lgan yo`nalishlar, ikkinchisi esa insonning dunyoga kelishi, insoniyat tarixi bilan bog’liq bo`lgan kishilik hayotining vujudga kelishi, insoniyat tarixiy-tadrijiy rivojining bosqichlari, mohiyati, mazmunini qamrab olgan tarixiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy hamda bularning barchasini o`ziga mujassam etgan mantiqiy tahlil va tadqiq tashkil etadi. 17 Har bir tarixchi o`z davri ijtimoiy tuzumi, uning mazmuni va qadriyatlari nuqtai nazaridan o`tmishga yondashadi va ana shu qarashlar hamda ehtiyojlar asosida tarixiy taraqqiyotga baho beradi. Biroq tarixiy jarayonlarga, ma’lum voqea-hodisalarga ichki va tashqi ta’sir - jamiyat ma’naviy, ijtimoiy, yqtisodiy asoslari va tabiiy hodisalar mohiyati, ular ta’sirida kelib chiqqan real voqelik o`zaro bog’liqlikka tadqiq etilmog’i lozim. Chunki uning zamirida tabiiy va ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning butun mohiyati har ikki yo`nalishda namoyon bo`ladi. Shuning uchun ham atoqli tarixshunos Ahmad Zaki Validiy o`zining «Tarixda usul» nomli kitobida «o`z hayotimizni tadqiq etar ekanmiz, ko`ramizki, bizning butun borlig’imiz asosan ikki narsaga bog’liqdir. Bir tomondan ehtiyojlarimizga muvofiq keluvchi yoki ularga ters keluvchi tashqi ahvol, shart- sharoitlar, boshqa tomondan esa shaxsiy xohish-istaklarimiz mavjud. Jamiyat ham xuddi shunday mavjuddir. Umumiy shart-sharoit, masalan, zilzilalar, osmondan yog’iladigan har xil ofatlar, urushlar va vabolar, iqlimning o`zgarib ketishi kabi tabiiy hodisalar bilan birga alohida individual guruhiy istak insoniyatning ichki ta’sir quvvatlari insonlar borlig’ida qat’iy ta’sir ko`rsatuvchi omillar vazifasini o`taydi», deb yozadi. Ahmad Zaki Validiy To`g’on insoniyat tarixini o`rganish va tarix falsafasining nazariy-metodologik jihatlarini ishlab chiqar ekan, quyidagi tamoyillarni ilgari suradi: - tarixning teokratik va dualistik talqini; - tarixni materialistik tushunish; - tarixning pozitivistik talqini; - tarixni idealistik tushunish; - tarixni ekspressionistik talqini; - tarixning gumanistik talqini va hokazolar. Shuni alohida e’tiborga olish kerakki, Sharq nazariy tafakkuri G’arb falsafiy tafakkuridan tubdan farq qiladi. Bu bevosita diniy va dunyoviy qarashlarning uyg’un holda vujudga kelgani, jumladan, islom ta’limoti, inson, tabiat va butun 18 borliq o`rtasidagi daxldorlikni, ularning o`zaro bog’liq jihatlarining mavjudligiga qaratilganligi bo`lsa, ikkinchi muhim jihati - inson hayot gultoji sifatida qalb va tuyg’u olami, pokiza ruh va axloq timsoli sifatida ko`rinishidir. Bu bevosita turmush tarzi, urf-odatlari orqali yaxlit jamiyat ma’naviy qiyofasini, tarixiy- taraqqiyot mohiyatini belgilaydi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling