34
shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida jaylashgan. U erlarni yunon-rim
mualliflari
Baqtriana yoki Baqtriya Baqtriya deb atagan. Amudaryoning quyi
oqimida o`troq dehqon elatlar - xorazmliklar yashagan. Bu yurt yunon manbalarda
Xorasmiya deyilgan.
Massaget qabilalari - cho`llar va Amudaryo (Oks) bo`ylarida yashagan.
Saklar - O`rta Osiyoning tog’lik, dasht va cho`l erlarida istiqomot qilgan,
asosiy
mashg’uloti chorvachilik bo`lgan. Qadimgi yunon-rim tarixchilari yozishicha
saklar 3 guruhga bo`lingan: 1) ularning ko`pchilik qismi Saka-tigraxauda, ya’ni
o`tkir uchli kiygiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular Toshkent viloyati
va Janubiy Qozog’iston erlarida yashagan. 2)
Saka-tiay-taradarayya, ya’ni
daryoning nargi tomonida yashovchi saklar deb atalgan, ular Orol bo`ylari va
Sirdaryo (YAksart)ning quyi oqimida yashagan. 3) Saka-xaumovarka – muqaddas
ichimlikka sig’inuvchi saklar Pomirning tog’li tumanlari va Farg’onada yashagan.
Mil. avv. VII-VI asrlarda Xorazm, So`g’diyona
va Baqtriya aholisining
asosiy mashg’uloti sun’iy sug’orishga asoslangan
dehqonchilik bo`lib,
hunarmandchilik va savdo ham ancha rivoj topgan. Manzilgohlardan sifatli
kulolchilik
idishlari, temir va bronza buyumlar topilgan. Ko`chmanchi sak va
massaget qabilalarining asosiy mashg’uloti ch
orvachilik bo`lib, tuya, ot, qo`y-
echkilarni boqqan. Ular hayvon terisidan poyabzal, kiyim,
chodir tikib, g’alla va
mevaga ayirboshlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: