Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ibtidoiy jamoa tuzumidan barcha xalqlar tarixi boshlangan. Ibtidoiy jamoa 
tuzumi - insoniyat tarixining boshlang’ich davri bo`lib, barcha mehnat qurollari 
umumiy bo`lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan. Insoniyat rivojidagi birinchi 
bosqich kishilarning ibtidoiy to`daga birlashuvi bo`lib, bu to`da o`zida eng 
qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan.
Ibtidoiy to`da - turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng 
qadimgi odamlar jamoasi. Ibtidoiy to`da asta-sekin qarindoshlarning alohida 
uyushmasiga - urug’ jamoasiga aylana bordi. Urug’ bu - birga yashagan va mehnat 
qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog’larga ega bo`lgan qarindoshlar 
jamoasi.
Dastlabki urug’ jamoalari ayol - ona tevaragida jipslasha boshlagan. 
Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug’i davri - matriarxat deb ataladi. Ancha 
keyinroq, mehnat qurollari va xo`jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin 
jamoadagi etakchilik mavqei erkakka o`ta boshladi, u urug’ga sardor bo`ldi. 
Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat – ota urug’i deb atashadi. 
Patriarxat bilan eng qadimgi urug’chilik tuzumi ham yakunlanadi.


27 
Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli 
arxeologlar insoniyat tarixi boshlanishini «Tosh davri» deb atashadi. Tosh davri 
ancha uzoq davom etgani uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi: 1) 
qadimgi tosh davri - paleolit (yunon. paleos - qadimgi, litos - tosh); 2) o`rta tosh 
davri - mezolit (mezos - o`rta); 3) yangi tosh davri - neolit (neos - yangi); 4) mis-
tosh davri – eneolit (lot. eneus – mis, yunon. litos - tosh).
Tosh davri 4 bosqichga bo`linadi: paleolit, mezolit, neolit, eneolit. Paleolit 
(qadimgi tosh) davri 3 ta bosqichdan iborat: 1) ilk paleolit - mil. av. 1 mln. - 100 
ming yil; 2) o`rta paleolit – mil. av. 100 - 40 ming yil; 3) so`nggi paleolit – mil. av. 
40 - 12 ming yil.
Odam paydo bo`lishi haqida: ilmiy, diniy, afsonaviy, dunyoviy naqllar 
bo`lib, biz bu masalani ilimy – antropologiya va arxeologiya ma’lumotlari asosida 
o`rganamiz. Er yuzidagi dastlabki odamlar qaddini tik tutib yurgani, mehnat 
qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvondan farq qilgan.
O`ta sodda mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari 
qoldiqlari turli mintaqalardan topib o`rganilgan: Janubiy Afrikadan – avstralopitek
Sharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan – zinjantrop, Yava orolidan (Indoneziya) – 
pitekantrop, Xitoydan - sinantrop; Germaniyadan – neandertal; Fransiyadagi 
Kromanyon g’oridan - hozirgi qiyofadagi odam - kromanyon suyaklari topilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling