Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Mirziyoеv Sh.M. Milliy tаrаqqiyot yo`limizni qаt’iyat bilаn dаvоm ettirib, yangi bоsqichgа ko`tаrаmiz. -T.: 
“O`zbеkistоn” NMIU, 2017. –B.534. 


24 
I bo`lim. Qadimgi dunyo. 
(Mil. avv. 1 million yillikdan – milodiy III asrgacha) 
I-bob. Qadimgi tarix - taraqqiyotning boshlanishi. 
1-§. Qadimgi tuzum. Eng qadimgi odamlar. Urug’chilik jamiyati 
 
Qadimda odamlar yaratgan ko`p narsalardan bugun ham foydalanayapmiz, 
bular: mehnat qurollari, sopol buyumlar, g’ildirak, sopol suv quvurlari, gazlamalar, 
yozuvlardir. Qadimgi zamon mualliflari yozib qoldirgan asarlar hozir ham 
kishilarga saboq va tarbiya bermoqda. Olimlar qadimgi shaharlarni topib, 
qazishmalardan charm, sopol, tosh, va tangalarga bitilgan sirli yozuvlarni o`qishdi. 
Bular arxeologik topilmalardir. Qadimgi bitiklarni o`rganish bilan epigrafika, 
tangalarni o`rganish bilan numizmatika fanlari shug’ullanadi.
Insoniyat sodda mehnat qurollari yasashdan to hunarmandchilik durdonalari 
yaratishga qadar, eng oddiy uy-joylar qurishdan to shaharlar bunyod etishga qadar 
uzoq yo`lni bosib o`tdi. Eng qadimgi shaharlar, yozuv, davlatlar tashkil topishi va 
rivojlanishi davrini olimlar sivilizasiya deb ataydilar. Dastlabki sivilizasiyalar 
tarixi Qadimgi Sharqda, so`ngra Yunonistondagi Krit orolida boshlangan edi, 
jumladan O`zbekiston hududida ham vujudga kelgan
1
.
Qadimgi dunyo tarixi - er yuzida odam paydo bo`lganidan to milodiy 476-
yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulaganiga qadar kechgan voqealardir. Bu tarix turli 
arxeologik va yozma manbalar asosida o`rganiladi. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi 
SHarq, YUnoniston va Rim a’yonlari va podsholarining yilnomalari, qonunlari va 
biografiyalarida aks ettirilgan. Ularda janglar, ibodatxona, saroy va qal’alar 
qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, va qadimgi fanlar va san’at haqida 
hikoya qilinadi.
Olimlar o`qigan qadimgi matnlar «Piramidalar matnlari» va «Marhumlar 
kitobi» - misrliklar tarixi haqida, «Rigveda» - hindlar, «Avesto» - O`rta Osiyo 
xalqlari tarixidan hikoya qiladi. Nil vodiysidagi Misr piramidalari, Dajla va Frot 
oralig’idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol, shuningdek 
1
Sа’dullаеv А. Qаdimgi O`rtа Оsiyo tаriхi. O`quv qo`llаnmа -T.: Univеrsitеt, 2004. – B. 6. 


25 
Yunoniston, Rim va O`rta Osiyoning qadimiy shaharlari butun jahonga mashhur. 
Tarix ko`p narsalarni o`rgatadi, shuning uchun uni «Buyuk o`qituvchi» deb 
atashadi.
Insoniyatning qadimgi tarixini arxeolog, antropolog, etnograf olimlar 
o`rganadi. Arxeologlar - qadimda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma 
ishlarini amalga oshiradilar. Antropologlar - qadimgi odamlarning suyak 
qoldiqlarini tekshirib, tashqi qiyofasini tiklaydi va rivojlanishini o`rganadilar. 
Etnograflar - qadimgi odamlarning udumlari, hozirda mavjud qabilalar va 
elatlarning saqlab qolgan xo`jalik va madaniy an’analarini o`rganadilar.
O`lkamiz eng qadimgi tarixining keng o`rganilgan manbalari - arxeologlar 
topgan moddiy manbalardir. Moddiy (ashyoviy) manbalar: mehnat qurollari, sopol 
idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari (taqinchoqlar), xullas qadimda 
inson qo`li bilan yaratilgan hamma narsalardir. Yozma manbalar topilishi bilan 
olimlarga qadimgi mingyilliklar tarixini tiklash osonlashdi.
O`rta Osiyo tarixi bo`yicha eng qadimgi yozma manba - zardushtiylarning 
muqaddas kitobi «Avesto»dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari - 
Baqtriya, So`g’d, Xorazm aholisi madaniyati to`g’risida hikoya qilinadi. Qadimgi 
davr tarixiga doir yana bir yozma manba - Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida 
joylashgan Behistun qoyasiidagi yozuvlardir. Fors shohi Doro I buyrug’i bilan 
qoyaga o`yib yozilgan yozuvlarda Xorazm, So`g’d, Baqtriya sanab o`tiladi.
Miloddan avvalgi (mil. avv.) V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli 
mamlakatlarga sayohat qilib yozgan, 9 kitobdan iborat «Tarix» asarida 
o`lkamizning qadimgi aholisi to`g’risida ma’lumot beriladi. Mil.av. I asr oxirida 
qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon «Geografiya» asarida O`rta Osiyo 
xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar keltiradi.
Milodiy (mil.) I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf 
«Makedoniyalik 
Aleksandr 
tarixi» 
nomli 
asarni 
yozib, 
makedoniyalik 
Aleksandrning O`rta Osiyoga harbiy yurishlari haqida ma’lumotlar keltirgan. 
Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian «Aleksandrning harbiy yurishlari» 
(Aleksandr anabasisi) degan asar yozgan. asarida Ushbu manbalar va keyinchalik 


26 
yaratilgan ilmiy ishlar tufayli olimlar yurtimizning qadimgi tarixini o`rganishga 
muvaffaq bo`ldi. 
Geografik jihatdan O`zbekiston katta hududni egallaydi. Amudaryo va 
Sirdaryo oralig’i, Farg’ona, Zarafshon vodiylari va Surxandaryo vohasi 
serhossilligi va iliq iqlimi tufayli qadimda obod bo`lgan. Qulay geografik 
joylashuvga ega bu zamin Sharq va G’arbni bog’lagan, bunda qadimgi shaharlar 
orqali o`tgan Buyuk Ipak yo`li katta ahamiyatga ega bo`lgan. 
O`zbekiston kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlaridan biri. 
Bu erda mahalliy aholi qadimdan yashagan. Daryo vohalari bo`ylab savdo yo`llari 
o`tgan. O`tmishda O`rta Osiyonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari 
o`rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Arxeologlar ko`hna qadamjolarni 
qazib Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari tayyorlagan sopol va metal 
idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling