Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Ilk paleolit (mil. av. 1 mln. - 100 ming yil)da, er yuzida iqlim iliq bo`lgan 
davrlarda odamlarning (Fergantrop) makonlari kichik daryolar yoki buloqlar 
yaqinidagi tepaliklarda joylashgan. Ilk paleolitning oxirlarida Buyuk muzlik davri 
boshlangach, bu hol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. 
Bunday paytda kuchlilargina yashab qolgan. Eng qadimgi odamlar – ibtidoiy 
odamlar deb ataladi. Ularning makonlari Afrika, Osiyo va Evropaning ko`pgina 
hududlaridan topilgan.
O`rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg’ona 
vodiysidagi Selungur makoni va Toshkent vohasidagi Ko`lbuloq manzilgohidan 
topilgan. Bular qo`pol tosh qurollar bo`lib, ularning bir tomoni urib o`tkirlangan. 
Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan. Mehnat qurollari 


28 
odamlarga egulik topish uchun kerak bo`lgan. Dastabki mehnat qurollari sodda 
bo`lib, odamlar uchi o`tkirlangan tosh va tayoq bilan hayvonlarni ovlagan, uchi 
o`tkir tayoq bilan o`simliklarning ildizlari va ildizmevalarini kovlab olgan. 
Kishilarning eng qadimgi mashg’uloti termachilik va ovchilik bo`lib, bu 
o`zlashtiruvchi xo`jalik deb ataladi.
O`rta paleolit (mil. av. 100 - 40 ming yil) davri madaniyatining jahonga 
mashhur yodgorligi Boysun tog’laridan topilgan Teshiktosh g’ori hisoblanadi. 
Teshiktosh g’oridan tosh qurollar va parchalari, tog’ echkisi, kiyik, yovoyi ot, 
qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh 
g’oridan topilgan tosh asriga mansub 8-9 yashar neandertal bolaning suyak 
qoldiqlari eng mashhur topilmadir. Bola jasadi qabrga ko`milgan, jasad atrofiga 
tog’ echkisi shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy 
e’tiqodlar bilan bog’liq bo`lgan.
Mehnat faoliyati, olam haqida to`plangan bilimlar insonning fikrlashi va 
tafakkurini o`zgartirib bordi. Odamlar o`zlariga tushunarsiz bo`lgan hodisalar: kun 
bilan tun, yil fasllari almashishi, vulqonlar otilishi, er qimirlashi va boshqa tabiat 
hodisalari haqida o`ylay boshladi. Ana shu hodisalarning sabablarini tushuna 
omagan inson momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg’ir kabi tabiat kuchlariga 
sig’ina boshladi. Ovchilik va termachilik rivojlangan bu davrda inson o`zini 
tabiatdan ajratmagan. Tabiatni jonli deb, hodisalarda g’ayritabiiy kuchlar 
yashiringan deb hisoblagan va shu kuchlarga e’tiqod qilishgan.
Odamlarning hayvon yoki o`simlik bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish 
totemizm deb ataladi. Odamnini o`rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning 
mavjudligiga e’tiqod animizm deyilgan. Qadimgi odamlar buyumlar omad 
keltirishiga yoki baloni bartaraf etishiga e’tiqod qilishi fetishizm deyilgan.
So`nggi paleolitga oid g’orlar devoridagi rasmlarning (tasviriy san’at) 
topilishi ham qadimgi odamlarda diniy tasavvurlari to`g’risida hikoya qiladi. 
Bunday rasmlaridan eng qadimiylari Ispaniyadagi Altamir, Fransiyadagi Lasko va 
Boshqirdistondagi Kapova g’orlaridan topilgan. Odamlar rasmlar ovda yordam 


29 
beradi deb ishongan. Rasmlar qarshisida hayvonlar harakatiga taqlid qilib, raqsga 
tushgan, ov manzaralarini tasavvur qilgan, nayza uloqtirishni mashq qilgan.
Qadimgi rasmlar qimmatli tarixiy manbalardir, ular inson o`ylarini, dunyoni 
tasavvur etgani, qaysi hayvonni ovlagani, qaysi hayvonlarni ovlagani, qanday 
mehnat qurollari va qurol-yarog’dan foydalanganini bilib olishga yordam beradi. 
Odam o`zini qurshab turgan dunyoni tushunishga intilishi eng qadimgi tasviriy 
san’at rivojlanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling