Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§.O`zbekiston tarixini o`rganishning asosiy manbalari


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

3-§.O`zbekiston tarixini o`rganishning asosiy manbalari
va uni davrlashtirish. 
O`tmishni o`rganishda tarixiy manbalar nihoyatda muhim hisoblanadi. Ular 
shartli ravishda moddiy va yozma manbalarga bo`linadi. Moddiy manbalarga 
mehnat qurollari, harbiy aslahalar, tanga pul, uy-joy, qabr, idish-tovoq, devoriy 
tasvir, qal’a, shahar kabilar kiradi. O`zbekiston tarixiga tegishli moddiy manba 
namunalari respublikamiz muzey va ko`rgazmalarida o`z aksini topgan. Qadimiy 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi, Termiz, Toshkent, Marg’ilon kabi 
shaharlarning o`zi haqiqiy tarixiy ma’lumotlar manbalaridir. Ular yozma 
ma’lumotlar bo`lmagan yoki yo`qotilgan qadimiy davrlarni o`rganishda ayniqsa 
katta yordam beradi. 
Yozma manbalarga tosh, daraxt po`stlog’i, teri, suyaklarga yozilgan bitiklar; 
kitob va qo`lyozmalar, davlat boshliqlari, boshqaruv organlari, siyosiy va jamoat 
tashkilotlarining hujjatlari; turli mulkiy munosabatlar aks ettirilgan qog’ozlar va 
shu kabilar kiradi.
Respublikamiz Konstitusiyasi, umumiy va oliy ta’limga oid qonunlari
hukumat qarorlari hamda O`zbekiston Prezidentining farmonlari tinglovchi va 
talabalar uchun asosiy tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi. Bu borada Birinchi 
Prezident Islom Karimovning asarlarini alohida qayd etish zarur. Ularda o`tmishni 
o`rganishning mohiyati va metodologiyasi, yuksak ma’naviyatni shakllantirish, 
o`zlikni anglashning ma’naviy taraqqiyot uchun ahamiyati, tarixiy, milliy 
qadriyatlar, diniy e’tiqodlarni tiklash kabi muammolar bayon etilgan bo`lib, ularni 
bilish va amalda qo`llash o`sib kelayotgan yosh avlod uchun nihoyatda muhim 


19 
vazifadir. Bundan tashqari, ular o`tmishga va bugungi kunimizga taalluqli boy 
tarixiy ma’lumotlar keltirilgan manba hisoblanadi. Misol tariqasida Islom 
Karimovning tarixni o`rganishga oid ba’zi g’oyalarini eslatib o`tish maqsadga 
muvofiqdir: “Tarix bu bizlarniki, achchiq bo`lsa ham, chuchuk bo`lsa ham, u biz 
uchun hayotdan saboq va xulosalar chiqarish uchun xizmat qiladi”
1
. “...Xalq bosib 
o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, 
quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina chinakam 
tarix bo`ladi”
2
.
Hozirgi kunda O`zbekiston kutubxonalarida tarixga va ijtimoiy hayotning 
boshqa sohalariga bag’ishlangan 25 mingdan ortiq qo`lyozma, 28 ming toshbosma 
nodir asarlar saqlanadi. Respublikamiz kutubxonalarida tarixning turli jabhalari 
yoritilgan minglab ilmiy, publisistik, badiy adabiyotlar, davriy matbuot materiallari 
mavjud bo`lib, har kim ularni o`rganish orqali O`zbekiston tarixi haqida to`liq 
tasavvurga ega bo`lishi mumkin. 
Tarixiy tadqiqot uchun hujjat, qo`lyozma, adabiyot, san’at, badiiy yoki 
madaniy yodgorliklar manba bo`lishi mumkin. Tarixchi o`tmishni o`rganishni va 
tarixiy voqelikka baho bera olishi uchun bir necha sohalarni bilishi lozim. 
Jumladan: poleografiya, sfragistika va geral’dika, diplomatika, epigrafika, 
numizmatika, xronologiya va metrologi, arxeografiya va boshq. 
O`zbekiston tarixini o`rganishda uni to`g’ri davrlashtirish katta ahamiyatga 
ega. Bugun tarixni davrlashtirishga turlicha yondashuvlar yuzaga kelgan. Masalan, 
sobiq sovetlar davrida kishilik jamiyatining rivojlanishi formasiyalarga, ya’ni ibti-
doiy jamoa tuzumi, quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sosializm va uning 
yuqori bosqichi kommunizmga bo`lib o`rganilgan.
XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi voqealar bu usul o`zini oqlamaganini, 
zero bir formasiyaning, ya’ni davrlar almashinuvining ishlab chiqarish 
munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishidagi nomutanosibliklar 
bilan izohlash o`zining nomukammalligini ko`rsatdi. Materiya birlamchi, ong 
1
Kаrimоv I.А. Biz kеlаjаgimizni o`z qo`limiz bilаn qurаmiz. T. 7. – T., 1999. – B. 45. 
2
Kаrimоv I.А. Yuksаk mа’nаviyat – еngilmаs kuch. – T., 2008. – B. 97 . 


20 
ikkilamchi ekanligi to`g’risidagi materialistik falsafiy g’oyalar jamiyat 
rivojlanishida ma’naviyatning ahamiyati kamsitilishi va ijtimoiy hayotning 
tanazzulga yuz tutishiga sabab bo`ldi. 
Tarix fanida davrlashtirishga boshqacha yondashuvlar ham mavjud. 
Masalan, arxeolog olimlar tarixni mehnat qurollari yasalgan xomashyoga, sanoat 
rivojlanishining darajasi, madaniyatning past yoki yuksakligi kabi omillarga qarab 
davrlashtiradilar. Bu har gal tadqiqotchilarning qanday mavzuni tanlagani, qanday 
maqsadni o`z oldiga quyganiga qarab amalga oshirilgan. 
Bugun olimlar O`zbekiston tarixiy taraqqiyotini quyidagi yirik davrlarga 
bo`lib o`rganishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar: 
- ibtidoiy jamoa tuzumi; 
- qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi; 
- O`rta asrlar davri;
- Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri; 
- mustabid sovet hokimiyati hukmronligi davri; 
- milliy istiqlol davri.
Mazkur davrlashtirish ham kamchilikdan xoli emas, shu bois olimlarimiz bu 
masala ustida ishlab, uni takomillashtirishi maqsadga muvofiq.
Jamiyat tarixi voqelik sifatida tabiat tarixidan farq qiladi. Chunki jamiyat 
tarixini odamlar yaratadi, tabiat esa o`z qonuniyatlari doirasida rivojlanadi. 
Ob’ektiv tarixiy sharoitda vujudga kelgan jamiyat o`sha davr odamlarining 
taffakkuri va irodasidan kelib chiqqan ijtimoiy hodisadir. 
Insoniyat tarixi - ming yillar davomida shakllangan, xalqlar, millatlar, 
davlatlar tarixini qamrab oladi. Jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rganish uchta 
asosiy, o`zaro aloqada bo`lgan yo`nalishdan iborat: 
-tarixiy bilimlar insoniyat real tarixi, uning rivojlanish boskichlari bilan 
bog’liq bo`lgan uzluksiz jarayon. 
-ijtimoiy hayotning alohida sohalari yoki boqeliklarini tahlil qiladigan, uni 
tushuntirib beradigan ijtimoiy gumanitar fanlar tizimi; 


21 
-jamiyatning 
umumiy 
nazariy 
qonuniyatlarini, 
jamiyat 
haqidagi 
tasavvurlarni, ijtimoiy-tarixiy bosqichlarini o`rganadigan tarixiy va aniq ijtimoiy 
fanlar metodologik asoslariga xizmat qiladigan siyosiy va falsafiy-sosiologik 
bilim. 
Anna shu uch yo`nalish kishilik jamiyati haqidagi an’anaviy tasavvurlarni 
fan shaklidagi bilimlarga aylantirdi. 
Jamiyat, tabiat taraqqiyotidan farqli holda cheklangan vaqt va fazo 
mutanosibligi mahsuli sifatida ham yuzaga keladi. Tabiat tabiiy o`zgarishlar va 
yangilanishlar hodisasi bo`lsa, jamiyat ilmiy amaliy, doimo o`zgarib turadigan, 
zamon va makon ehtiyojlari asosida quriladigan, ma’lum ijtimoiy guruh, xalq, 
mamlakat manfaatlari ustivorligining mahsuli sifatida vujudga keladi. 
Tarixni anglash tushunchasi turli davlarda turlicha talqin etilgan. Natijada 
tarixiy bilim va tarixning anglashning xilma xil shakllari yuzaga keldi. Xususan, 
tarixiy jarayonni tarixiy-xronologik tarzda o`rganish; ma’lum bir davrda yuz 
bergan tarixiy jarayon va hodisalarni tarixiy-nazariy o`rganish. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling