Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qadimgi shaharlar hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida 
mil. avv. VII-VI asrlarda rivjlangan. Ular hunarmandchilik va savdo markazlari 
edi. O`zbekistonning qadimiy shaharlari: Afrasiyob (Samarqand), Erqo`rg’on va 
Uzunqir (Qashqadaryo), Qiziltepa (Surxondaryo), Ko`zaliqir (Xorazm).
Qadimgi shaharlar mudofaa devorlari bilan o`ralgan. Shaharda hokim 
yashaydigan qal’a va qala’da xom g’ishtdan qurilgan katta saroy joylashgan. 
Devorning burjlari va o`q otish uchun maxsus shinaklari ham bo`lgan. Shahar 
ichkarisida turur joylar va hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Shaharlarning 
bir guruhi savdo-hunarmandchilik markazi, boshqalari alohida tuman va viloyatlar 


35 
markazlari hisoblangan. Afrasiyob - Samarqandning sharqiy chegarasida mil. avv. 
VIII-VII asrlarda asos solingan qadimiy shahar xarobalari. 
Qadimgi Baqtriya davlati mil. avv. VII asrda tashkil topgan O`rta 
Osiyodagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg’iyona va So`g’d Baqtriyaning 
siyosiy va madaniy ta’sirida bo`lgan. Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon 
vohalarida qadimgi shaharlar rivojlangan. Qiziltepa, Uzunqir, Erqo`rg’on, 
Afrasiyob o`rnida Baqtriya va So`g’dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu 
qadimgi shaharlarning yoshi 2700 yildan kam emas. Bu shaharlar O`zbekistondagi 
eng qadimgilari bo`lib, ular shuning uchun Baqtriya qarindosh bo`lgan elatlarning 
davlat birlashmasi deyilgan. Mil. avv. VII-VI asrlarda va O`zbekistonga 
chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta’sirida bo`lgan. 
Xorazm hududida yana bir qadimiy davlat tashkil topgan, bu davlat 
Xorazmdan tashqarida bo`lgan erlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm vohasi 
markazlaridan biri Ko`zaliqir qal’asi edi. U qalin mudofaa devorlari bilan o`ralgan. 
Voha aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan. Qadimgi 
Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada 
rivojlangan. Mahalliy kulolchilik, qurlsozlik, zargarlik buyumlarining dovrug’i 
o`zga yurtlarga ham tarqalgan edi. Xorazmliklar mohir quruvchi va hunarmand 
bo`lganlar.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling