Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Zardushtiylik 
O`rta Osiyoda mil. av. 1-mingyillikda zardushtiylik dini keng tarqaladi, bu 
din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. 
Zardushtiylar olov, tuproq, suv va yulduzlarga sig’ingan, ularni muqaddas 
hisoblashgan. «Zardushtiylik» so`zi Zardusht (Zaratushtra, Zoroastr) ismidan 
kelib chiqqan, u mil. av. 1 ming yillikning 1-yarmida yashagan tarixiy shaxs. 
Keyinroq Yunonistonda Zardusht ismi «Zoroastr» shaklida jaranglaydi (yunoncha 
“astron” - yulduz), chunki uni birinchi galda donishmand, munajjim sifatida 
bilishgan.


36 
Zardushtiylik paydo bo`lishi haqidagi afsonada shunday deyiladi: Zardusht 
tongda suv olish uchun daryoga boribdi, suvda Ahuramazda elchilaridan birining 
siymosini ko`rib qoladi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo`l ko`rsatibdi. 
Zardusht sehrli nurga ergashib oliy iloh - Ahuramazda qarshisiga borib qolibdi. 
Ahuramazda xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun
Zardushtni tanlaganini ma’lum qilibdi. Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot 
payg’ambariga aylangan. «Payg’ambar» so`zi «ezgu amallar haqida xabar 
beruvchi» ma’nosini anglatadi.
Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar, odamlar duo 
matnlarini o`rganishi uchun maxsus kitoblar bo`lmagan. Diniy marosimlar ochiq 
osmon ostida, gulxan yonida yoki uydagi o`choq olovi atrofida o`tkazilgan. Avval 
turli qabilalarni istilochilarga qarshi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni 
birlikka da’vat qilgan.
Zardushtning so`nggi va’zlarini kohinlar yozib olgan, ular diniy matnlarni 
yod olib, dindorlarga o`qib bergan. Zardusht vafotidan keyin bir necha asrlar 
o`tgach diniy marosim, madhiya va duolar kitobga jamlandi. Bu kitob «Avesto» - 
«qat’iy belgilangan qonun-qoidalar» degan ma’noni anglatadi. “Avesto”ning ilk 
qismi mil. av. IX-VIII asrlarda paydo bo`lgan. Zardusht va’zlari matnlarining 
hammasi mil. av. III asrda 21 ta kitobga jamlangan, bu kitoblar «Avesto» asosini 
tashkil etgan edi. «Avesto» matnlariga sharh esa «Zand» deb yuritiladi. Fransuz 
olimi A.Dyuperron ilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilgan. 
Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra, Anaxita, 
Ahuramazda - zardushtiylarning ulug’ va donishmand oliy xudosi. Mitra - quyosh 
va yorug’lik xudosi. Mitra o`tli chaqmoqlar yordamida yovuzlik va o`lim xudosi - 
Ahriman bilan jang qiladi. Anaxita - hosildorlik va suv ilohasi. Zardushtiylik 
ta’limoti insoniyatning Ezgulik va YOvuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta 
ta’sir ko`rsatdi. Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu fikr, ezgu so`z, ezgu 
amaldan iborat bo`lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi 
hisoblangan. Zardushtiylar e’tiqodiga ko`ra: yolg’on so`zlamaslik, aldamaslik, 
va’daga vafo qilish, faqat ezgu ishlarni amalga oshirish lozim edi.


37 
Zardushtiylarda inson vafot etganida marhumning jasadini erga ko`mish, 
olovda kuydirish, suvga tashlash ta’qiqlangan. Murdani qushlar va hayvonlar eb 
ketishi uchun toshli va qumli tepalikda qoldirgan. YOmg’irda yuvilgan va oftob 
qoqlagan suyaklarni maxsus sopol tobutchalar - ossuariy (suyakdon)larda dafn 
etishgan.
Tyanch so`zlar: so`g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar. 
Qadimgi shaharlar: Afrasiyob, Erqo`rg’on va Uzunqir, Qiziltepa, Ko`zaliqir. 
Davlat: Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm Zardushtiylik: Avesto, Ahuramazda. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling