Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug’orma dehqonchilik
- Dehqonlar xo`jaligi
II bo`lim. O`RTA ASRLAR
(IV asrdan XVI asr boshlarigacha). III-bob. O`rta asrlarda erga egalik munosabatlari. 1-§. Ilk o`rta asrlar davlatlari. Ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar Qadimgi Turon diyorida Qang’ va Kushon davlatlari ravnaq topgan davrda yuksalish boshlangan edi. Bu o`zgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotda o`zgarishlarga olib keldi. Shaharlar soni ko`payib, shaharlar hunarmandchilik, savdo va madaniyat markaziga aylandi. Sug’orma dehqonchilik vohalarda kengayib, suv inshootlari: suv tegirmoni, chig’ir va charxpalak kashf etildi. Ziroatchilikda g’allakorlik, sholikorlik va polizchilik bilan bir qatorda paxtachilik va bog’dorchilik maydonlari kengaydi. Ekin maydonlarini sug’orish va ishlov berishning takomillashuvi tufayli aholi dehqonchilikdan mo`l hosil oladigan bo`ldi. Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik va savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyoj ortib bordi. Xomashyo etkazuvchi qishloqlarning nufuzi ko`tarilgach: 1) ziroatkor erga munosabat, ularga egalik qilish shakli o`zgara boshladi. 2) o`troq ziroatkor aholi bilan chorvador qabilalar o`rtasidagi aloqalar rivojlandi. Dasht va tog’ oldida yashovchi ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi aholining o`troq hayotga o`tishi kuchaygach dehqonchilik uchun yaroqli obikor erlarga bo`lgan ehtiyoj oshdi, natijada qo`riq va bo`z erlarga suv chiqarilib katta ekin maydonlari barpo etildi. Obodonchilik ishlarini amalga oshirishda mulkdor tabaqa vakillari, qishloq oqsoqollari, qabila boshliqlari sarkor-ishboshi sifatida faol qatnashdi. Qo`riqlarda ochilgan yangi erlarning ma’lum bir ulushi sarkor- ishboshilarning qo`liga o`tadi va merosiy mulkiga aylanadi. Shu tariqa katta er egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi. Dehqonlar xo`jaligi. Sarkorlar o`zlariga tegishli er maydonlarini sug’orish tarmoqlarining yuqori qismidan, to`g’on boshidan ajratib oladi. Bu yo`l bilan sarkorlar suvdan bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq 50 aholisi ustidan o`z ta’sirini o`tkazish imkoniyatga ega bo`ladi. Sarkorlar ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi va ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlar shaharlarda qasr va saroylarga, savdo va hunarmandchilik do`konu rastalaridan iborat kattagina xo`jalikka ham ega edilar. Dehqonlarning qishloqlarda ekinzor paykallardan tashqari yana ko`shk va istehkomli qo`rg’onlari, objuvoz, moyjuvoz va tegirmonlari bo`lgan. Katta er egasining 30-40, 50-100 va undan ortiq chokarlari bo`lib, chokarlar baquvvat, abjir, o`z xojasiga sadoqatli o`spirinlardan tanlab olingan, hatto xojasi vafot etgan chokarlar birga ko`milgan. Dehqonlar bunday sodiq va jangovor chokarlari bilan urush paytida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan, tinchlik paytda chokarlarga suyanib qishloqning ziroatkor ahli ustidan hukmlarini o`tkazgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling