Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Qishloq
jamoalari tabaqalanishi. Avvalda o`z qaramog’idagi xizmatkorlari mehnatidan foydalanib kelgan dehqonlar keyinchalik qishloq jamoalari ustidan hukmronlik qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo`ladilar. Erga egalik qilish munosabatlarining shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik er egalari bo`lmish dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi paydo bo`ldi. Er-suv mulkchiligining xususiyligi ortib borishi bilan kadivarlarning soni ko`payib, dehqonchilik xo`jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlaridan biriga aylangan. V asr o`rtalarida ekin erlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo`l ostidagi mulkdan iborat bo`lsa ham, ziroatkor vohalardagi obikor erlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog’ida edi. Qishloq jamoalari ijtimoiy erli mulkdor dehqon va unga qaram bo`lgan ersiz va erksiz kadivarlarga ajralib bordi. Koshovarzlar - qishloq jamoasi erlarida yashab, er va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo`lgan erkin ziroatchilar tabaqasi. Kashovarzlarning ma’lum bir qismi jamoa erlaridan mahrum bo`lib kadivarlarga aylangan. Ayrim dehqonchilik vohalarining katta erlarga ega bo`lgan dehqonlari o`z viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo`lib oladilar. 51 Ilk o`rta asrlar davlatlari Birinchi bo`lib Xorazm Qang’ davlatidan ajralib chiqadi, uni mahalliy Afrig’iylar sulolasiga mansub Xorazmshohlar idora qila boshlaydi. III asr o`rtalarida dastlab Xorazm davlatining poytaxti hozirgi Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan Tuproqqal’a shahar xarobasi o`rnida bo`lgan. SHaharning mustahkam darvozaxonasi bo`lgan. Darvoza qarshisida shahar markazini kesib o`tgan ko`chaning har ikki tomoni bo`ylab tutar joylar joylashgan. SHahar markazidan yuqorida ibodatxona majmuasi, uning yonida 25 metrli 3 minorali Xorazmshohlar qasri qad ko`targan. Xorazmshoh Afrig’ o`z qarorgohini 305 yil Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko`chiradi. Kat qayta tiklanib Al-Fir qasri ichida Shoh o`ziga yangi saroy qurdiradi. Afrig’iy shohlar oldiga shoh surati va orqasiga suvoriy tasviri tushirilgan kumush tangalar zarb etib, ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkam o`rnatib olgan. Beruniy dastlab Xorazmshohlar unvoni dastlab siyovushlar sulolasi tomonidan qabul qilingani haqida: «Siyovush ibn Kayxusravning Xorazmga kelishidan.. tarix oldilar. SHu vaqtdan Kayxusrav.. turk podsholari ustidan hukmronligini yurgizgan edi» deb yozgan. O`sha zamonda «Xorazmshoh» unvoniga Kayxusrav, Saksafar, Farasman, Xusrav sazavor bo`lgan. III asrda Xorazmda bir nechta mayda hokimliklar tarkib topgan. Tuproqqal’adan qo`lida burgut qo`ndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqal’a yaqinidan qo`lida lochin tutgan tojdor tasviri so`qilgan tanganing topilishi hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazm III asrda Qang’ davlatidan ajralib mustaqillikka erishadi va Afrig’iylar sulolasi hukmronligiga asos solinadi. Xioniylar, kidariylar, eftallar, Turk xoqonligi davrida ham Xorazm mustaqilligini saqlab qoladi. Vizantiyalik tarixchi Menandr Xorazm VI asrning 60-yillarida Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borganligini qayd etgan. Xorazmshoh – Xorazm hukmdorlarining unvoni. Beruniy yozishicha dastlab Xorazmshoh unvoni bilan Xorazmni Kayxusrav idora etgan. 4 ta sulola hukmdorlari “Xorazmshoh” unvoniga ega bo`lgan: afrig’iylar, ma’muniylar, 52 oltintoshlar, anushteginlar. Xorazmning hukmronlik ramzlari burgut va lochin bo`lgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling