Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Xo`jalik hayoti. Eftallar davlatiga birlashgan aholining etnik tarkibi xilma-
xil bo`lib, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti biri ikkinchisidan keskin farq qilgan. Eftallar 
kelib chiqishiga ko`ra ko`chmanchi qabilalarga mansubligi tufayli, chorvachilik 
bilan shug’ullanib, yaylovlarda o`tov qurib yashagan. Eftallar zabt etgan erlarida 
savdo rivojlandi. Yillar o`tib omilkor mahalliy aholi bilan qorishib ketadi. 
Toxariston va Sug’d dehqonchilik va bog’dorchilik rivoj topgan markaz 
hisoblangan. Qashqadaryo va Zarafshon vodiylarida g’alladan tashqari sholi ham 
etishtirilar edi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha Sharqiy Turkiston va O`rta 
Osiyoda V-VI asrlarda paxta ekilgan. Paxta tolasidan to`qilgan oppoq va mayin 
matoga Xitoy bozorlarida talab katta bo`lgan, chunki o`sha davrlarda Xitoyda 
paxta hali ekilmas edi. Dashtlarda yashovchi yarim ko`chmanchi aholi 
chorvachilik, xususan qoramol va qo`y-echkilar boqish, tuyachilik bilan; tog’li va 
tog’oldi mintaqalarida yilqichilik bilan shug’ullanar edi. Farg’ona vodiysi hamon 
zotli argumoqlari bilan mashhur edi.
Er egaligi. Ziroatkor erlarning kattagina qismi hali ham qishloq jamoalari 
tasarrufida bo`lsada, erning ma’lum bir qismi dehqonlar va ibodatxonalar 
ixtiyorida bo`lgan. Natijada qishloq jamoasining kashovarz-erkin qo`shchilari 
ma’lum darajada dehqonlarga tobe bo`lib, ularga qaram kadivarlarga aylana 
borgan. YAylovlarning asosiy qismi qabila va urug’ jamoalari hamda ularning 
oqsoqollari - xvabulari tasarrufida edi.
V asrda Toshkent vohasi va Janubiy Qozog’istonning bir qismini suv bilan 
ta’minlovchi Zog’ariq (Zovariq) va Bo`zsuv, Samarqand viloyati janubiy 
tumanlarining asosiy suv manbai Darg’om kanallari barpo qilingan. Shu davrda 
CHog’oniyon (Surxondaryo), Samarqand, Buxoro, Kesh (Shahrisabz), Naxshab 
(Qarshi) va Toshkent atroflari to`la o`zlashtirilib, alohida dehqonchilik vohalari 
shakllanadi. Bu vohalarda keyinchalik erdor dehqonlarning siyosiy mavqei oshib, 
ular etakchilik qilgankichik hududga ega voha hokimliklari vujudga keladi. 


55 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling