Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


-§. Turk xoqonligi. Mahalliy hokimliklar


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

2-§. Turk xoqonligi. Mahalliy hokimliklar.
VI-VII asrlarda madaniyat 
Turk xoqonligi tashkil topishi. VI asr o`rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda 
yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat 


57 
tarixga Turk xoqonligi (552) nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi, u 552 
yil «xoqon» deb e’lon qilindi. Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilandi.
Turklarning g’arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi, unga 
«YAbg’u xoqon» degan unvon beriladi. Turklar tez orada Ettisuv va Sharqiy 
Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalarni bo`ysundirdi. Turklar 
555 yildayoq Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylarigacha cho`zilgan keng o`lkalarni 
egalladi. Xoqonlik chegarasi Eftallar davlatiga tutashib ketgan. Turklar 558 yil 
Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo`ylarini zabt etadi.
Turklar 575-576 yillarda Shimoliy Kavkazni egallab, Qrim yarim oroliga 
kirib bordi. Eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoladi. Eron 
sosoniylari bu vaziyatdan foydalanib Toxariston va Chog’aniyonni eftallardan 
tortib oldi. 
Eftallar davlati qulashi. Turklarning eftallar bilan to`qnashuvi muqarrar 
edi, bu siyosiy vaziyat Turklarni Eron va Vizantiya bilan yaqinlashtirgan. Uzoq 
vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar eftallarning tamomila barbod 
bo`lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi tufayli 
turklar bilan yuzaga kelgan harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo`lishi 
bilan yanada mustahkamlanadi.
Eronning Balxga hujumi ko`magida Turklar 563 yil Eftallar davlatiga 
bostirib kiradi. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg’ol 
qilinadi. Turklar Sirdaryodan o`tib Zarafshon vodiysiga kirib boradilar: 
Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar, 8 kun davom 
etgan jangda eftallar engiladi. Janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan Turk 
xoqonligidan 563-567 yy. zarbaga uchragan Eftallar davlati barbod bo`ladi.
Eftallar davlati bo`lib olindi: Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha 
bo`lgan viloyatlar Eron; Amudaryo sohillaridan Kaspiy dengizigacha Turk 
hoqonligi tasarrufiga o`tadi. Eftallar davlati qulagach vaziyat tubdan o`zgarib, o`z 
chegarasini shimoli-sharqqa kengaytirgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadar 
Ipak yo`li ustida haqiqiy sarbon bo`lib oladi. Uzoq Sharqdan Erongacha bo`lgan 


58 
karvon yo`li nazoratini o`z homiyligiga olgan Turklar Eron orqali Vizantiya bilan 
savdo qiladigan bo`ldi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling