Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turk hoqonligi boshqaruvi. Turk hoqonligi ulkan davlat bo`lsa ham, 
siyosiy jihatdan chinakam markazlashgan davlat emas edi. Davlatning asosi turkiy 
tilda so`zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo`lgan, bu ittifoqni Xoqon 
boshqargan. Hukmdorning hokimiyati - Urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-
ma’muriy boshqaruvga asoslangan.
Mamlakat ko`chmanchi chorvador va o`troq dehqon aholiga bo`lingan. 
Ko`chmanchi chorvador aholi Budun yoki Qora budun nomlari bilan yuritilgan. 
Budun o`z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etib, O`n o`q budun 
yoki Elning hokimi Yabg’u yoki Jabg’u deyilgan. Yabg’u darajasiga faqat hoqon 
urug’iga qarindosh bo`lganlargina ko`tarilardi. O`n o`q el sardori bir tuman (10 
ming) suvoriyni safga tortar edi; bunday harbiy bo`linmaning tumanboshisi «shod» 
deb yuritilgan.
VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo, Amudaryo havzalarida 10 dan 
ortiq voha hokimliklari mavjud edi, ularning boshqaruvi mahalliy sulola 
hukmdorlari qo`lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish 
bilan cheklanadi.
Xoqonlik bo`linishi. Turk xoqonligining mustahkam markazlashgan 
davlatga aylanishiga ko`p omillar imkon bermagan: 1) katta-katta qabilalar yoki 
qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka intilganlar. 2) Turk 
xoqonligi tasarrufida bo`lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo`lishni istar edilar. 
Turk hoqonligi VI asr 80-yillar oxirida 2 ga: - Sharqiy va G’arbiy turk 
hoqonliklariga bo`linib ketdi. Turk xoqonligi bo`linib ketishiga sabab: 1) 
bo`ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni 
zaiflashtirgan; 2) Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat Xoqonlik ahvolini 
yanada og’irlashtirgan.
Buyuk Turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt: Oloy tog’i sharqidan to Uzoq 
Sharqqacha bo`lgan hudud, ya’ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo`g’uliston), 


59 
Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo`lgan. Bu xoqonlikning poytaxti 
O`tikan vodiysi (Mo`g’uliston) da qaror topgan.
Oloy tog’ining g’arbidagi o`lkalar: Ettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va 
Amudaryo havzalari hamda ularga tutash hudud G’arbiy xoqonlik tomonidan 
idora etilgan, qarorgohi Ettisuvda joylashgan. G’arbiy xoqonlik o`troq voha va 
viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolarni saqlab qolgan, muhim ahamiyatga 
molik ayrim o`lkalarda turkiy hokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon 
xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling