Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Choch va Farg’ona zabt etilishi. Qutayba 713 yil qo`shinining bir qismi 
Choch viloyatiga, o`zi asosiy kuch bilan Farg’ona vodiysiga yurish qildi. Choch 
vohasi bosib olinib bosh shahri Madinat ash-Shosh, ko`p qal’a, qo`rg’onlar va 
qishloqlarga o`t qo`yilib vayron qilinadi. Arablar 715 yil boshida Farg’ona vodisini 
uzil-kesil egallab, Qoshg’argacha kirib bordi, hamma viloyatlarga arablardan 
amirlar tayinlanadi. Qutayba xalifa Sulaymonga qarshi isyon ko`targach 
Farg’onada arab arkarlari tomonidan o`ldiriladi. Arablar Movarounnahrni 10 yil 
davomida olib borilgan janglar oqibatida egallab oldilar.


69 
Iqtisodiy oqibatlari. Buxoro, Poykand, Sug’d hukmdorlari sulh tuzishga 
majbur bo`lgan, ulardan katta miqdorda boj va tovon undirib olindi. Arablar 
qo`shiniga minglab mahalliy yigitlarni jalb etdilar. Arablar harbiy kuchga tayanib 
aholidan turli soliqlar undirib, aholini jamoa ishlariga safar etadi. Marv, Poykand, 
Buxoro, Samarqand shaharlarida shahriston yoki undagi xonadonlarning qoq yarmi 
arablar va ajam (eronlik)larga bo`shatib berildi. Xiroj, ushr, zakot, jiz’ya soliqlari 
joriy etiladi. 
Islomlashtirish. Movarounnahrda siyosiy hokimiyatni mustahkamlash 
uchun arablar aholi o`rtasida islomni yoyishga ahamiyat berdi. Movarounnahr 
aholisining asosiy dini hisoblangan otashparastlik va boshqa dinlarga qarshi qattiq 
kurash olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, o`rniga jome masjidlari barpo 
qilinadi. Islomni qabul qilganlar dastlabki yillarda xiroj va jiz’ya soliqlaridan ozod 
qilingan. Islomni qabul qilmaganlardan jon solig’i - jiz’ya undirilgan. Soliqlarni 
o`z vaqtida to`lamagan kishilarning bo`yinlariga «qarzdor» deb yozilgan taxtacha 
osib qo`yilgan.
Bunday choralar Movarounnahrda islomning tarqalishiga yordam beradi. 
Biroq ko`pchilik nomigagina musulmon bo`lib, uzoq vaqt pinhona o`z dinlariga 
sodiq qoladi. Xalifalik tomonidan mahalliy urf-odat, din va madaniyat poymol 
etildi. Sug’d yozuvidagi kitoblarni, hujjatlarni va sanamlarni gulxanda yoqdilar. 
Quvadagi budda ibodatxonsi haykallarini, Afrasiyob devoridagi suratlarni vayron 
qilgan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling