Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Diniy e’tiqodlar. O`rta Osiyoda VI-VII asrlarda Zardo`shtiylik, 
Buddaviylik, Xristianlik, Moniylik va Qam (shamoniylik) dinlari mavjud edi. 
Aholining ko`pchiligi zardushtiylik diniga e’tiqod qilgan. Samarqand viloyatining 
Urgut tumani nafaqat Sug’dda, balki butun O`rta Osiyoda nasroniylik markazi 
hisoblangan. Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyo xalqlarining mafkuraviy hayotida 
Moniy dini ham ancha chuqur ildiz otgan edi. Moniy dini ta’limoti bo`yicha 
olamning ibtidosi ikki qarama-qarshi yaratuvchi: yorug’lik va ezgulik hamda 
zulmat va yovuzlikdan iborat. Moniy dinining arkoni: ibodat, ro`za, sadaqa 
hisoblangan. Arkon - dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq, ma’muriyat. 
Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan SHomonlik diniga e’tiqod 
qilgan. Bu din jon va ruhlarga, ota-bobolar ruhiga sig’inish e’tiqodini tarbiyalagan. 
Qadimgi turklar o`z dinini «qam» deb yuritganlar, chunki ularda «shomon» degan 
so`z bo`lmagan, bu din koinotni yo`qlikdan bor qilgan Ko`k Tangriga e’tiqod 
qiluvchi yakka xudolik dini hisoblanadi. Chorvador ko`chmanchi aholi Tangriga 
bag’ishlangan marosimlar o`tkazib, qurbonlikka qora qashqa ot so`yilgan. Qam-
shomon - Ko`k Tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini. (Turkiy balbal mozortosh 
haykali topilgan.) 
San’at. Tasviriy san’atda - rassomlik va xaykaltaroshlik ravnaq topadi. 
Surxon vohasida Bolaliktepa, Zarafshon vodiysida Panjikent, Afrosiyob va 
Varaxsha, Farg’onada Quva kabi yodgorliklardan devoriy suratlar, haykallar va 
ganchkori naqshlar topib o`rganilgan. Devoriy tasvirlar o`sha zamonning 
murakkab hayoti, diniy e’tiqodi va tashqi mamlakatlar bilan aloqalar haqida hikoya 


65 
qiluvchi manbadir. Afrosiyob va Varaxshadan devoriy tasvirlar topilgan. 
(Zardushtiylarning VI-VII asrlarga oid ossuariylarida peshtoq ostida turgan 
shakllar tasvirlangan. Ayritomda arfa (chiltor) chalayotgan qiz tasvirlangan.) 
Xaykaltaroshlik rivojiga ayniqsa budda dini kuchli ta’sir ko`rsatgan. 
Buddaning bahaybat haykallari: Farg’ona vodiysida Quvadan, Qo`rg’ontepa 
yaqinida Ajinatepadan 12 metrli budda haykali topilgan. (Quvadagi buddaviylik 
ibodatxonasidan haykalning bosh qismi topilgan, Kofirqal’adan VII-VIII asrlarga 
oid odam boshi tasvirlangan sopol ko`za topilgan). Badiiy yog’och o`ymakorligi 
san’ati ham bu davrda yuqori darajada rivojlangan. Ilk o`rta asr ganchkorlik san’ati 
namunalari Buxoro hukmdorlari Varaxsha qarorgohida tadqiq etilgan, saroy 
devorlarini turli geometrik shakllar, mevali daraxt va o`simliklarning o`ymakor 
naqshlari, ov manzarasi bezab turgan. (Varaxshadan VI-VII asrlarga oid ganchkor 
Humo qushi tasviri, Olqor (tog’ echkisi) ovining ganchkor bo`rtma tasviri 
topilgan.) 
Musiqa. O`rta Osiyoda san’atning: musiqa, raqs, qo`shiqchilik, qiziqchilik, 
dorbozlik kabi sohalari ham rivojlangan edi. San’at sohasida Buxoro qiziqchilari, 
Samarqand naychilari, Toshkent raqqoslari shuhrat topgan edi. Choch raqqoslari 
ijro etgan «Choch raqsi» va o`ynoqi «Doira raqsi» Xitoy a’yonlarini hayratga 
solgan. Buxoroda usta hunarmandlar 10 turdagi cholg’u asboblarini yasagan.
Tayanch so`zlar va atamalar: Xoqon, Bumin, Istami, To`ng yabg’u, Sheri 
Kishvar, Abro`y, Budun; So`g’d, Toxariston, Farg’ona, Choch, Eloq, Ishtixon, 
Ustrushona; Bolaliktepa, Panjikent, Varaxsha. 
Mustahkam markazlashgan davlat - bu barcha hududlari yagona hukmdor 
hokimiyati tomonidan idora qilinuvchi davlatdir.
Budun - chorvador aholi.
Xoqon - buyuk hukmdor, podshoh, imperator.
Yabg’u xoqon - xoqon urug’idan bo`lgan yurt hokimi.
Shad - 10 ming qo`shin qo`mondoni.
Yasoq - dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq.


66 
Ixshid - viloyat hokimi.
Kuhandiz (ark) - shaharning hokim qasri joylashgan qismi.
Shahriston - shaharning ichki qismi.
Rabod - shaharning tashqi mavzesi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling