Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
 
3-§. Arab xalifaligi O`rta Osiyoni fath etishi.
Xalq qo`zg’olonlari (VII-VIII asrlar) 
Islom dini vujudga kelishi. Arabiston yarim orolidagi arablar qadimdan 
tarqoq holda yashagan. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida 
mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu e’tiqod yakka xudolikka 
asoslangan islom dini edi. Bu harakatga Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida 
tug’ilgan Muhammad (s.a.v.) binni Abdulloh (570-632) rahnamolik qiladi. Islomni 
qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «muslim» (musulmonlar) deb 
atalgan. Musulmonlar insonlar Xudo oldida teng ekani, rizq-ro`zini barchaga 
YAratguvchining o`zi etkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham 
topishi haq ekanini targ’ib etadilar. «Islom» - «bo`ysunish», «itoat etish», «o`zini 
Alloh irodasiga topshirish» degan ma’nolarni anglatadi. 
Islom bayrog’i ostida Makka shahrida boshlangan islom dini targ’iboti (622 
y. 16 iyul) Madinaga ko`chadi. 622 yil 16 iyuldan Xijriy qamariy yil hisobi 
boshlandi. Muhammad (s.a.v.) 630 yil arablarni yagona davlatga birlashtiradi. 
Muhammad (s.a.v.) vafot etgach uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) 
xalifa deb e’lon qilinadi. Qur’oni Karim o`z ichiga islom aqidalari, huquqiy va 
axloqiy me’yorlarini qamrab olgan. Arablar islomni qabul qilib, siyosiy jihatdan 
yagona hokimiyatga birlashuvida, islom jahon diniga aylanishida Qur’onning 
ahamiyati buyuk bo`ldi. Arab xalifaligi - barcha hokimiyat Muhammad (s.a.v.)ning 
o`rinbosari (xalifalar) qo`lida to`plangan davlat. 
Arab xalifaligi Misr, Suriya, Falastin, Iroq va Eronni bo`ysundirib, behisob 
o`ljalarga ega bo`lgach harbiy yurishlarni O`rta Osiyoga qaratdi. Arablar 651 yil 


67 
Marv shahrini jangsiz egalladilar (O`rta Osiyoga ilk yurishi). So`ng 
Afg’onistonning shimoli, Eronning shimoliy–sharqi, janubiy Turkmanistondan 
Amudaryogacha bo`lgan hududlar istilo qilindi. Arablar bu hududlarni Xuroson 
deb atagan. Xurosonning markazi Marv shahri edi. Xuroson viloyatini boshqarish 
uchun maxsus noib tayinlaydi, noib Marvda turgan. Arablar Xurosonga o`rnashib 
olgach Amudaryodan shimolda joylashgan boy viloyatlarni zabt etishga 
tayyorgarlik ko`radi. Amudaryoning shimolidagi erlarni arablar Movarounnahr 
«daryoning nargi tomoni» deb atagan.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling