Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
IV-bob. Movarounnahrda mustaqil davlatlarning
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorun-ar Rashid
IV-bob. Movarounnahrda mustaqil davlatlarning
tashkil topishi. 1-§. Mustaqil davlatlar shakllanishi. Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazm davlati Xalifalik zaiflashuvi. VIII asr oxiri – IX asr boshlarida Arab xalifaligi og’ir siyosiy tanglikka uchradi, xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun qiyin bo`lib qoldi. Movarounnahr va Xurosonda tez-tez qo`zg’olon bo`lib turishi, o`zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligini zaiflashtirdi va mustaqil davlatlar paydo bo`lishiga olib keldi. Movarounnahrning shimoli va shimoli-sharqida, xalifalikka bo`ysundirilmagan chegaradosh erlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Qarluqlar turkiy qabila hisoblanib, qadimda Oltoyning g’arbida, so`ngra Irtishning o`rta oqimida yashagan. Ular VI-VII asrlarda Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. Ettisuv o`lkasida VIII asr o`rtalarida Qorluqlar davlati tashkil topdi; poytaxti CHu daryosining shimolda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori yabg’u yoki jabg’u deb nomlangan. X asr o`ratalarida qarluklarning katta qismi musulmon bo`lgan, bir qancha shaharlarida jome masjidi bino qilingan. Qarluqlar davlati: shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysidagi chig’il qabilasi yaylovlarigacha; g’arbdan o`g’uz yurti va Farg’ona vodiysi; janubda yag’molar vohasi va SHarqiy Turkiston bilan chegaralangan. Suyob, Jo`l, Navkat, 76 Karmankat, Yor kabi shaharlari bo`lgan. Aholi qo`ychilik, tog’oldida dehqonchilik bilan shug’ullangan. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr bilan savdo qilgan. Chetga jun va jun mahsulotlar: gilam, sholcha, namat chiqargan. Qarluqlar X asrda Movarounnahrning shimolini egallab, Shosh atrofi, Farg’ona, Zarafshonga kelib o`rnashgan va o`troq mahalliy aholiga singib ketgan. O`g’uzlar Turk xoqonligi tarkibida edi. Turk xoqonligi emirilgach o`g’izlarning katta qismi Sirdaryo xavzasi va Orol bo`ylarida o`rnashib, IX asr oxiri va X asr boshida O`g’uzlar davlatiga asos soldi. Poytaxti Sirdaryo bo`yidagi Yangikent shahri bo`lgan. O`g’izlar X asrdan islom dinini qabul qiladi. X asr birinchi choragida shimoli-sharqdan kelgan qipchoqlar zarbasi tufayli O`g’uzlar ikkiga bo`linib ketadi. Bir qismi g’arbga - SHimoliy Kavkaz dashtlariga borib o`rnashdi. Ularning ikkinchi qismi avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi-g’arbga siljib, yangi sulola - Saljuqlar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi. Bu ikki turkiy (Qarluq va O`g’uz) davlat Movarounnahr, O`rta Sharq va Old Osiyo xalqlarining siyosiy va etnik tarixiga kuchli ta’sir ko`rsatdi. Qarluqlar o`zbeklar va tojiklarning, O`g’uzlar Turkman, Ozarbayjon, Qoraqalpoqlarning etnogenezida muhim rol o`ynagan. Tohiriylar. VIII asr oxiri – IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan og’ir siyosiy vaziyat Abbosiylarni Movarounnahr va Xurosonda olib borilayotgan siyosatni o`zgartirishga majbur etdi. Mahalliy zodagonlar Movarounnahr va Xurosonni o`z tasarrufiga o`tkazib, hatto Xalifalik markazida ham hokimiyatni boshqarishda ko`proq rol o`ynaydigan bo`lib qoldi. Xalifa Xorun-ar Rashid (786- 809) vafot etgach, o`g’illari Ma’mun va Amin o`rtasida 809-813 yy. taxt uchun kurashi bunga katta yo`l ochib berdi. Xalifalik markazidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko`targach, norozi bo`lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurash boshlaydi. Ma’mun 813 yil taxtni egallashida unga Hirot viloyatining zodagonlaridan Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling