Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Toxir ibn Xusayn boshliq Xuroson va Movarounnahr mulkdorlari yordam berdi. 
Xalifa Ma’mun Xuroson va Movarounnahrga 821 yil Tohir ibn Husaynni noib etib 


77 
tayinlaydi (Tohiriylar hukmronligi). Ma’mun Somonxudotning nabiralarini shahar 
va viloyatlarga noib qilib tayinlaydi: Nuhga Samarqand, Ahmadga Farg’ona, 
Yahyoga Shosh va Ustrushona, Ilyosga Hirot tegadi. Buning evaziga somoniylar 
Movarounnahrning yillik xirojidan katta mablag’ni tohiriylar orqali xalifa 
xazinasiga yuborib turadi.
Tohir mustaqillikka intilib 822 yil xalifa nomini xutbadan chiqarib yuboradi. 
Tohir to`satdan vafot etgach, uning o`g’illari Talxa va Abul Abbos Abdulloh 
Xuronga birin-ketin noiblik qiladi. Abul Abbos Abdulloh (830-844) poytaxtni 
Marvdan Nishopurga ko`chirdi. Somonxudot avlodlarining mahalliy noibligi 
tohiriylar tomonidan tan olinadi va tohiriylarga tobe sifatida Movarounnahrni idora 
etadi. Bu Xuroson va Movarounnahrda bir asrdan oshiqroq hukm surgan xalifalik 
hukmronligining tugaganligini bildiradi.
Safforiylar. Tohiriylar zamonida ham mehnatkashlar ahvoli og’ir bo`lib, 
mulkdor dehqonlar zulmidan, davlatning og’ir soliqlaridan bezor bo`lgan xalq 
qo`zg’olon ko`taradi, ularga «g’oziylar» ham qo`shiladi. Qo`zg’olonga safforiylar - 
aka-uka Yaqub va Amr ibn Lays boshchilik qiladi. Ular 873 yil Xuroson poytaxti 
Nishopurni egallaydi, natijada Tohiriylar (821-873) hukmronligi tugatilib
hokimiyat Safforiylar (873-900)ga o`tadi. 
Tayanch tushunchalar: Qarluqlar - turkiy qabilalardan biri, dastlab 
Oltoyning g’arbida, so`ng Irtish daryosi o`rta oqimida yashagan.
O`g’uzlar - O`rta Osiyoda yashagan turkiy qabila.
Tohiriylar – Xurosondagi Tohiriylar davlatida hukmronlik qilgan sulola 
(821-873), rasman abbosiylarga qaram bo`lgan. Sulolaga 821 yil Tohir ibn Husayn 
asos solgan.
Safforiylar – Safforiylar davlatida hukmronlik qilgan sulola (873-900). 
Safforiylar nomi uning asoschisi Yaqub ibn Lays as-Saffor nomidan olingan, yirik 
hukmdorlari: Yaqub ibn Lays (873-879), Amr ibn Lays (879-900).
Xutba - juma namozida hukmdor nomini aytib, haqiga duo o`qish.
G’oziy - Haq din uchun kurashuvchi jangchi. 


78 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling