Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Qoraxitoylar hujumi. Qoraxoniylar davlati zaiflashib saljuqiylarga qaram 
bo`lib qoladi. Qoraxoniylar davlati XII asrning 30 yillari oxirida sharqdan kelgan 
ko`chmanchi qoraxitoylar (mo`g’ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo`ldi. 
Qoraxitoylar davlatining hukmdori Go`rxon Bolosog’un shahrini poytaxtiga 
aylantirgan.
Ettisuvda joylashib olgan qoraxitoylar Sirdaryoning o`rta oqimiga tomon 
yurish boshlaydi. Ular dastlab Shosh va Farg’onaga, so`ng Zarfshon va 


87 
Qashqadaryoga bostirib kirib, 1137 yil Xo`jand yaqinida Qoraxoniylar eloqxoni 
Mahmudga zarba beradi. Sulh tuzilib qoraxoniylardan katta tovon olgan 
qoraxitoylar o`z yurtiga qaytib ketadi. Qoraxitoylar 4 yil o`tgach - 1141 yil yana 
Movarounnahrga yurish qiladilar, qoraxitoylar g’alaba qozonadi va Qoraxoniylar 
davlati tugatiladi.
Xorazm davlati 
Xorazmshoh Ma’muniylar davri. Xorazmshohlar davlati IX-X asrlarda 
tohiriy, safforiy va somoniylar qo`l ostida bo`lgan. Xorazm X asr oxirida iqtisodiy 
jihatdan tez rivojlana boshlagan. VIII asr boshida mavjud 3 ta shaharlarning soni 
32 taga etgan. Xorazm IX-X asrlarda yirik savdo markaziga aylangan. Xorazm 
savdogarlari chorvadorlar (Qozog’iston, Turkmaniston), Itil (Volga) bo`yidagi 
Xazar va Bulg’or podsholiklari, Sharqiy Evropaning slavyan aholisi bilan savdo 
qilgan. Savdo aloqalari kengayishida Gurganch (Urganch) shahri muhim rol 
o`ynagan, uning hokimi «Gurganch miri» nomi bilan ulug’langan. Gurganch miri 
Ma’mun ibn Muhammad 995 yil Kat shahrini ishg’ol qilib Xorazmning ikkala 
qismni birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo`ldi. Afrig’iylar sulolasi 
barham topib Ma’muniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Ko`hna Urganch 
Xorazmshohlar poytaxtiga aylandi.
Xorazm qisqa vaqtda rivojlandi. Mamlakat viloyat, shahar va qishloq 
(qal’a)larga ajratilib boshqarildi. Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi 
hisoblangan. Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma - devonxona 
tashkil etiladi, uning tarkibida ziroat, savdo, moliya, soliq, osoyishtalikni saqlash, 
harbiy ishlar bilan shug’ullanuvchi mahkamalar bo`lgan. Eng yuqori 
lavozimlardan biri vazirlik - xo`jai buzruk unvoniga ega bo`lgan. U devonxona 
ishlariga mas’ul bo`lgan, harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora 
etgan. Ma’muniylar davrida Ma’mun akademiyasi - “Dorul hikma va ma’orif” 
(Bilimdonlik va ma’orif uyi) tashkil etiladi.


88 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling