IX-X asrlarda er-mulk munosabatlari.
Somoniylar inqirozi. G’aznaviylar davlati
Er egaligining Somoniylar davrida 5 turi: 1) mulki sultoniy. 2) mulk erlari.
3) vaqf erlari. 4) mulki xos. 5) jamoa erlari majud bo`lgan. «Mulki xos» - oliy
ruhoniy va sayidlarga qarashli erlar bo`lgan. Bunday imtiyozga ega mulkdorlar
hosilning 1/10 hisobida «ushr» solig’i to`lagan. Mulki iqto - hukmron sulola yoki
oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi hizmatlari uchun hadya qilingan erlar.
Iqto mulki. Yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun X asrda
er va suvdan iborat katta mulklar in’om qilina boshlaydi. Bunday mulk «iqto»,
unga ega bo`lgan mulkdorlar «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida
ayrim viloyat, shahar va tumanlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa
zodagonlar: sulola a’zolari - amirzodalar va yirik mansabdorlarga in’om etilgan.
Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma’lum muddatga berilib, nasldan
naslga o`tkazilmagan. Iqtodorlar o`ziga in’om qilingan hududlarda yashovchi
aholidan olinadigan soliqlarning ma’lum qismini yig’ib olish huquqiga ega
bo`lganlar. «Jamoa erlari» - qishloq jamoalari tassarrufidagi erlar bo`lib, asosan
lalmikor va tog’oldi erlaridan iborat bo`lgan.
Barzikor-qo`shchilar. IX-X asrlarda katta er egalari kadivarlarni
ishlatishdan ko`ra o`z erlarini qishloq jamoalarining kam erli a’zolariga ijaraga
berishni afzal ko`radilar. O`sha zamonda ijarachilar barzikor yoki qo`shchilar, deb
atalardi. Barzikor-qo`shchilarning sheriklikka ekkan erlardan oladigan hissasi
turlicha bo`lib: 1) agar barzikor o`z urug’i va qo`shi bilan dehqonchilik qilsa,
uning hissasi hosilning 1/3, 1/4, 1/5 miqdorida belgilangan. 2) qo`sh va urug’ er
egasiniki bo`lsa qo`shchi hosilning 1/10 yoki 1/12 ulushiga ega bo`lgan. Davlat
soliqlari (xiroj va ushr) er egasidan ham, qo`shchilardan ham alohida-alohida
olinar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |