86
Mahmud G’aznaviy Xurosonni saqlab qoladi. Bu davrda saljuqiylar g’aznaviylarga
xavf sola boshlaydi. Bundan foydalangan Qoraxoniylarning mahalliy hukmdori
Ibrohim Buritegin «bug’roxon» unvonini olgan va 1038 yil Amudaryo bo`yi
viloyatlari - Xuttalon, Vaxsh, CHag’oniyonni g’aznaviylardan tortib oladi. Ibrohim
Movarounnahr va Farg’onani ham bo`ysundirgach
mustaqil siyosat yurita
boshlaydi, natijada Qoraxoniylar ikki mustaqil davlatga ajralib ketadi: 1) Sharqiy
Qoraxoniylar
davlatining
poytaxti
Bolasog’unda, 2)
Movarounnahrdagi
Qoraxoniylar davlatining markazi Samarqandda bo`lgan.
Davlat boshqaruvi. Qoraxoniylar davlatni viloyatlarga bo`lib
idora
qilganlar, ularni
Eloqxon yoki
Takin (tegin)lar boshqargan. Hokimlar faqat
qoraxoniylar xonadoning elqxon unvoniga sazovor bo`lgan a’zolaridan saylangan.
Elqxonlar o`z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi
uchun intilar edi. Qoraxoniy eloqxonlari orasida
Movarounnahr eloqxoni katta
obro`ga ega edi, u Samarqandda taxtga o`tirgan.
Viloyat boshqaruv ma’muriyatida somoniylar
davridagidek vazirlar,
sohibbaridlar, mustovfiylar xizmat qilardi. Shaharlar shahar hokimi,
raislar
tomonidan
boshqarilardi.
Qoraxoniylar
mamlakatda
o`z
hukmronligini
mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan do`stona munosabat o`rnatdi.
Bu davrlarda imomlar,
sayidlar, shayxlar va sadrlarning obro`-e’tibori kuchaydi.
Qoraxoniy hukmdorlar hali o`troq hayotga ko`chmagan bo`lsalar ham
dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edi.
Ular Bolasog’un, Koshg’ar, Taroz, O`zgan, Samarqand, Buxoro shaharlarini davlat
yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaharlar bilan aloqa bog’lashga harakat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: