Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. XI-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. O`zbek xalqining shakllanishi Qishloq xo`jaligi
- Iqto erlari kengayishi
Ichki ziddiyatlar. Mehnatkash aholi qoraxitoylar zulmidan qutilsada,
xorazmshohlarning harbiy yurishlari, soliq siyosatidagi beboshlik, amir va ma’murlar zulmi moddiy ahvolni og’irlashtirib, xalq xo`jaligini zaiflashtirishi, xorazmshohlarga qarshi noroziligini oshirdi. Xorazmshohga qarshi 1210 yil O`trorda, 1212 yil Samarqandda qo`zg’olon ko`tarildi. Muhammad Xorazmshoh qo`zg’olonlarni shafqatsizlik bilan bostirdi. Davlat emirilishiga viloyat hukmdorlari isyoni, ko`p tabaqalar noroziligi, saroy va qo`shinda fitnaning avj olishi sabab bo`ldi va bu davlat ko`p yashamadi. Tayanch so`zlar: G’aznaviylar, sipohsolor, solor, sarxang; Qoraxoniylar, arslonxon, bug’raxon, tavg’achxon; Ma’muniylar, Gurganch miri, Kat, Dorul hikma va ma’orif; Saljuqiylar; Xorazmshoh Anushteginlar, Qutbiddin Muhammad, Otsiz, Elarslon, Takash. 2-§. XI-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. O`zbek xalqining shakllanishi Qishloq xo`jaligi. Movarounnahrga XI asrda kirib kelgan ko`chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydonlarini toptab, oyoqosti qiladilar. O`tloq va yaylovga aylantirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisoblangan qabilalarning asosiy mulkiga aylantirildi. Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko`chmanchilar o`rtasida ziddiyat kuchayadi; dehqonlarga qarshi kurash keskin tus oldi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor dehqonlar jon saqlash maqsadida o`z erlarini tashlab ketishga majbur bo`ladi, mahalliy mulkdor dehqonlar er-suv mulklaridan, siyosiy mavqelaridan ajralib, ilgarigi o`rni va ahamiyatini yo`qotadi. XI-XII asrlarda “dehqon” degan tushuncha o`zining “qishloq hokimi”ni anglatuvchi asl ma’nosini yo`qotdi. Iqto erlari kengayishi. Erdan foydalanishda iqto tartiboti XI asrdan boshlab juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar tomonidan hukmron sulola namoyondalaridan 90 tashqari oliy darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta er maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. Qoraxoniylar uchun iqto tartibi bo`ysundirilgan mamlakatlardan tegishli soliqlarni undirish boshqarishning eng qulay shakli hisoblangan. XI-XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda iqto erlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan biriga aylandi. Bu davrda musulmon ruhoniylarning siyosiy ta’sirining ortib borishi bilan vaqf erlari ham ancha ko`paydi. Bu davrda bazikorlar ilk o`rta asrlardagi kadivarlarga nisbatan ozod hisoblansalarda, ammo ularning zimmasiga davlat tomonidan turli soliq va har xil majburiyatlar yuklangan. Sug’orish tarmoqlari, to`g’onlar, yo`l va qal’alar qurish va ularni ta’mirlashda barzikorlarning ishtiroki shart edi. Shaharlar XI-XII asrlarda kengaydi va aholisining soni ko`payib yanada gavjumlashdi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O`zgan, Toshkent shaharlari ichki va tashqi savdo uchun turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan hamda chaqa-tangalar vositasi bilan olib boriladigan bozor tijoratining markaziga aylandi. Shaharlar markazida saroylar, masjid, madrasa, minora, hammom qad ko`taradi. XI-XII asrning sirli koshinkor va qabartma naqshli sopol tovoqlari, rangdor shisha buyumlari, naqshinkor mis idishlari xilma-xilligi va nafisligi bilan ajralib turadi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning taraqqiy etishi bilan bozor tijoratida pulga talab oshadi, natijada kumush va misdan chaqa-tangalar zarb qiladi. Bolasog’un, Taroz, O`zgan, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida pul chiqaradigan zarbxonalar bo`lgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling