Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Turkiy yozma adabiyot. Bu davrda Movarounnahr va SHarqiy Turkistonda 
turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og’zaki adabiyoti bilan bir 
qatorda yozma adabiyoti yuzaga keldi.
Turkiy yozma adabiyotning nodir va yirik asarlari: Yusuf Xos Xojibning (XI 
asr) «Qutadg’u bilig», Mahmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Ahmad 
Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmat» asarlaridir. Bu 
davr turkiy adabiy tili eski o`zbek va uyg’ur tillarining vujudga kelishida muhim 
bosqich bo`ldi. Mahmud Qoshg’ariy «Dunyo xaritasi»ni yaratdi. 
Me’morchilik, san’at, musiqa va din 
Me’morchilik va san’at sohasiga o`rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy 
tuzumi va islom dini kuchli ta’sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, 
O`zgan va Marv shaharlarida saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va 
karvonsaroylar qurildi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Namozgoh 


96 
masjidi, Minorayi Kalon hamda Vobkent va Jarqo`rg’ondagi minoralar o`sha davr 
me’morchiligining namunalaridir.
Suv inshootlari: suv omborlari, bandlar, ko`priklar, sardobalar va korizlar - 
yo`nilgan tosh, pishiq g’isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan barpo 
etildi. Nurota tizmasidagi past tog’ darasi to`silib X asrda Xonbandi suv ombori 
barpo etilgan. Unga 1,5 mln. metr kub suv to`plangan, to`g’on granit toshi va 
suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandi suv omborini qurishda 
suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va zilzila hisobga olingan. Bu XVII asr 
fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to`g’risida yaratilgan 
qonun kashfiyotidan 7 asr muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma’lum 
ekanligidan dalolat beradi.
Binokorlikda X asrdan boshlab sinchkori imoratlar keng tarqaladi. 
YAkkasinch va qo`shsinchli binolarning tagsinchlari, ustunlari, sarrovlari va 
to`sinlari yog’ochlarni biriktirish usubida qurilib, sinchlarning orasi xom g’isht 
yoki guvala bilan urib chiqilgan, bu hozirgacha saqlanib keladi. Afrasiyob, 
Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalaridagi turar joy qoliqlari X-XI 
asrlarda ham paxsa va xom g’ishtdan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida 
asosiy o`rin tutganini bildiradi. Naqqoshlik va o`ymakorlik san’ati IX-XII asr 
boshlarida ancha rivoj topadi; imoratning peshtoqi, eshigi va devorining ayrim 
qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan qoplanar edi. 
Xattotlik xalq san’atining muhim vakeng tarqalgan sahalaridan bo`lib, bu 
davrda hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo`lyozma kitoblardan nusxalari faqat 
qo`lda ko`chirilishi tufayli xattotlik rivoj topdi. Turli uslubda husnixat bilan 
bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham hayotiy mazmun va estetik 
zavq beruvchi bezak sifatida ishlatildi.
Musiqa san’ati ham IX-XIII asr boshlarida taraqqiy qilib, sozandalar ud, 
tanbur, qo`biz, rubob, nay, surnay, karnay, qo`shnay, qonun kabi torli, zarbli va 
puflab chalinadigan cholg’ulardan keng foydalangan. Xalq kuylari asosida 
keyinchalik tojik va o`zbek xalqining kuyi Shashmaqomga asos bo`lgan Rost, 
Xusravoniy, Boda, Ushshoq, Buslik, Zerafkanda, Sipohon, Navo, Basta, Tarona 


97 
kabi mumtoz kuylari ijod etilgan. Musiqa san’ati she’riyat va musiqashunoslik ilmi 
bilan uzviy bog’langan holda taraqqiy etadi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling