Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Islom dini va shariat musulmon Sharqida keng tarqalib, IX-XIII asrda 
jahon dini darajasiga ko`tarildi. XII asrda Buxoroning Darvozi Mansur mahallasida 
qonunshunoslar uchun maxsus «Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bunday oliy 
dorilfununda Qur’on, Hadis va arab tili mukammal o`rgatilgan. Shariat 
ahkomlarini o`rganishda «Tafsir» - Qur’onning sharhlari boy manba hisoblangan. 
Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari borasida mukammal 
ma’lumot beradi. Islom ta’limoti va targ’ibotining kengayishida Buxoro shahri 
markazga aylandi. Buxoro madrasalaridan fiqhshunos olimlar, qozilar, imomlar 
etishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro islom olamida IX asrdan boshlab «Qubbat ul-
islom» (islom dinining gumbazi) nomini oldi.
Tasavvuf ta’limoti dastlab VIII asr o`rtalarida Iroqda yuzaga keldi
tasavvuf ta’limoti asosida inson faoliyati va kamolati yotadi. Turkistonda XII asrda 
Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda Kubraviya, XIV asrda Buxoroda 
Naqshbandiya tariqatlari yuzaga keldi. Ahmad Yassaviy asos solgan Yassaviya 
tariqati Movarounnahrda keng yoyilgan, uning asoslari Yassaviyning «Hikmat» 
asarida bayon qilinadi. Ahmad Yassaviy fikricha shariatsiz tariqat, tariqatsiz 
ma’rifat, ma’rifatsiz haqiqat bo`lmaydi, ularning biri ikkinchisini to`ldiradi. 
Yassaviya tariqatining asosida kamolatga uzlat va tarkidunyochilik orqali etishish 
g’oyasi olg’a suriladi. Kamolatga bu dunyo rohatidan voz kechib, uzlatda ibodat 
yo`lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishi etib boradi. Yassaviya 
tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo`lida bo`lmog’i ta’kidlanadi, 
unda tarkidunyochilik targ’ib etilsada, inson molu davlatdan ustun turishi 
ta’kidlanadi.
Najmiddin Kubro (1145-1221) Xorazmda asos solgan «Kubroviya» 
tariqatining Yassaviyadan farqi, u tarkidunyochilikni rad etadi. Kamolat yo`lida bu 
dunyo ne’matidan bahramand bo`lish g’oyasi ilgari suriladi. Kubroviya tariqatida 
Xalqqa va Vatanga muhabbat tuyg’usi kuchli. Og’ir damda omma bilan birga 
bo`lishga va Vatanni mudofaa qilishga da’vat etadi.


98 
Naqshbandiya tariqatiga asos solgan Bahouddin Naqshband 1318 yil 
Buxoro yaqinidagi Qasri Hinduvon qishlog’ida matoga naqsh beruvchi hunarmand 
oilasida tug’ilgan. Bahouddin yoshligida ta’lim olish bilan birga kimxob matoga 
gul bosishni o`rganib, ota kasbi naqqoshlikni egallagan. Xoja Bahouddin 
“Hayotnoma” va “Dalil al-oshiqin” asarlarini yozgan. Naqshbandiya tariqati 
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaldi. Naqshbandiya tariqati 
odamlarni halol, pok bo`lishga, o`z mehnati bilan kun kechirishga; muhtojlarga 
ehson berishga; sofdil, kamtar bo`lishga chaqiradi. «Dil ba yoru, dast ba kor» 
(ko`ngil Allohda bo`lsinu, qo`l ish bilan band bo`lsin) hikmati Naqshbandiya 
tariqatining mohiyatini ifodalaydi. Naqshbandiya tariqati tarkidunyochilikni rad 
etib, mehnatsevarlik, odillik va bilimdonlikni targ’ib etadi. Naqshbandiya ta’limoti 
taraqqiyotiga keyingi asrlarda Navoiy, Jomiy, Xo`ja Ahror katta hissa qo`shdilar.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling