Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

 
 
2-§. Chig’atoy ulusi. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot 
O`lkalarning taqsimlanishi. Chingizxon hayotlik chog’ida zabt etilgan 
o`lkalarni o`g’illariga taqsimlab berdi: Sharqiy Turkiston, Ettisuv va 
Movarounnahrga Chig’atoy ega bo`ldi. Mo`g’ullar bosib olingan viloyatlarni 
uluslarga taqsimlash asosida boshqardi. Uluslarning hukmdorlari «Xon» deb 
yuritilardi. Chingizxon vafotidan (1227) so`ng O`qtoy mo`g’ullar davlatining 


107 
ulug’ xoqoni qilib tayinlandi. Ulug’ Xoqonning qarorgohi Qoraqurum shahrida 
bo`lgan, u erdan turib xonlarni nazorat qilib borar edi. Chingizxon vafotidan keyin 
ham mo`g’ullarning G’arbga yurishi davom etdi. Rus davlati 1236-1240 yy. zabt 
etilib, Oltin O`rda davlati tashkil topadi. Eron 1256 yil bosib olinib Hulokiylar 
davlati vujudga keladi. Huloku 1258 yil Abbosiylar Xalifaligiga xotima beradi.
Chig’atoy Ulusi XIII asrning 20-yillarida Chig’atoy tasarrufiga berilgan 
Movarounnahr, Ettisuv va Sharqiy Turkistonda tashkil topdi. Keyinchalik 
Chig’atoy davlatiga aylandi, uning o`rdasi Elsuvi (Ili) daryosi bo`yida edi. 
Chig’atoy viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda bo`ysundirilgan 
xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi. Movarounnaxrni idora 
etish, hali zabt etilmasdan ilgari xorazmlik savdogar Mahmud Yalovichga 
beriladi, u Xo`jandni qarorgoh qildi. Harbiy hokimiyat, aholini ro`yxatdan 
o`tkazish, soliq yig’ish dorug’achi va tavg’ach deyilgan mo`g’ul amaldorlari 
qo`lida bo`lgan. Mahmud Yalavoch mo`g’ul bosqoqlari (mahalliy hokim) 
ixtiyoridagi askarlarga suyanib mo`g’ul xonlari talabini ijro qilar edi.
Soliq turlari. Ziroatchi dehqonlardan olinadigan er solig’i - kalon deb 
yuritilgan, kolon solig’i - hosilning 1/10 qismi hajmida olingan. Chorvadorlarga 
qopchur solig’i solingan, qopchur solig’i - chorva mollari bosh sonining 2,5% 
miqdorida olingan. Davlat xazinasi uchun oziq-ovqat solig’i shulen undirilgan, 
shulen - har bir podadan 2 yashar qo`y, qimiz uchun har 1000 otdan 1 biya 
hisobida olingan. Hunarman va savdogarlardan targ’u solig’i undirilgan, targ’u - 
ishlab chiqilgan mahsulot yoki sotilgan molning 1/30 qismi hajmida undirilgan. 
Yana alohida tuz solig’i, jun va kumush solig’i solingan. Soliqlar mahalliy 
amaldorlar tomonidan barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo`la to`lab yuborilardi, 
sungra aholidan miqdoridan oshirib undirib olinardi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling