103
ag’darishidan qo`rqar edi. Xorazmshoh harbiy
kengashda urushda mudofaa
taktikasini qo`llash haqida qaror qabul qildi.
O`tror qamali. Chingizxon 1219 yil kuzida Xorazmshohga qarshi yurish
boshladi, askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon Sirdaryo bo`yida
joylashgan
O`tror shahriga yurish qildi, u O`tror yaqinida Movarounnahrni
qisqa muddatda
zabt etish uchun qo`shinini 4 qismga bo`ldi. Qo`shinning birinchi qismini
Chig’atoy va O`qtoy boshchiligida O`trorni qamal qilish uchun qoldirdi.
Jo`ji
boshchiligidagi ikkinchi qismga Sirdaryo etagidagi Sig’noq, O`zgan, Jand,
Yangikent shaharlarini bosib olish buyurildi. Sirdaryo yuqori oqimidagi Binokat va
Xo`jandshaharlariga
Oloqnuyon va Suketu Cherbi qo`mondonligida 5 ming
kishilik uchinchi qo`shin yuborildi. Chingizxon asosiy
kuchlari bilan Buxoroga
askar tortdi.
O`trorda 20 ming suvoriy bor edi,
qamal arafasida Qoracha Hojibning 10
minglik qo`shini kelib qo`shiladi. Juvayniy aytishicha Sulton Muhammad ham
«Lashkar Birun» deb atalgan 50 ming askar yuborgan.
Qamal boshlanishi bilan
shahar hokimiyatining vakili
Badriddin Amid, Safiy Aqra Hojib boshliq Sulton qatl
etgan O`tror qozisining avlodlari mo`g’ullar tomonga o`tib ketadi. O`toror qamali
5 oy davom etgan. Qoracha Hojib mo`g’ullarga taslim bo`lgan, mo`g’ullar uni va
askarlarni qatl etgan. G’oyirxon O`tror arkiga joylashib mudofaani yana 1 oy
davom ettiradi, biroq asirga olinib Samarqandga olib borilib o`ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: