Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Munosabatlar keskinlashuvi. Chingizxon o`z elchilarining ish natijalaridan 
mamnun bo`ladi, chunki Mahmud Yalovoch mo`g’ullar to`g’risida Xorazmshohga 
aytgan ma’lumotlarga qarganda Xorazm haqida ko`proq axborot to`plab qaytgan 
edi. Sulton Muhammadga minnatdorchilik izhor etish va ikki davlat o`rtasida 
shartnoma tuzish uchun Chingizxon 1218 yilning o`zida Xorazmga yana juda katta 
savdo karvoni va elchilarini jo`natadi. Chingizxon yuborgan savdo karvonida 450 
musulmon savdogarlari, 500 tuyada oltin, kumush buyumlar, xitoy ipak matolari, 
suvsar va qunduz mo`ynalari bor edi. Urganchga borayotgan Chingizxonning 
savdo karvoni chegara shahar O`trorda, shahar noibi G’oirxon (Inolchiq) 
tomonidan talanib, savdogarlar qirib tashlanadi, faqat bir tuyakash omon qoladi.
Chingizxon O`tror noibidan nihoyatda g’azablansada, biroq g’azabini bosib 
Xorazmshoh huzuriga elchi qilib Ibn Kafroj Bug’roni va ikkita mulozimini 


102 
yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan aybdorlarni jazolashni va Inolchiqni 
tuttirib, uning ixtiyoriga jo`natishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning 
talabiga javoban elchini o`ldirishni va ikki mulozimning soqol-mo`ylovini qirib, 
sharmanda qilib qaytarib yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikki davlat o`rtasida 
savdo va elchilik munosabatlar uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu 
voqea ikki davlat o`rtasida urush boshlashiga bahona bo`ldi. 
Xorazmshohlar inqirozi. Xorazmshoh qo`shinining umumiy soni XIII asr 
boshlarida Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. 
Xorazmshoh hokimiyati mustahkam bo`lmagan, chunki mansabdorlar davlat tang 
ahvolga tushib qolsa o`z vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoatsizlik qilar, o`z 
bilganlaricha yo`l tutar edi, ayrim viloyat hokimlari amalda deyarli mustaqil edi. 
Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi.
Ayniqsa Sulton Muhammadning onasi Turkan xotun (turklar onasi) 
qo`shinning oliy sarkardalari bo`lgan qipchoq oqsuyaklari bilan urug’-qabila 
aloqalari orqali mahkam bog’langan edi. Turkon xotun o`z qabiladoshlari manfaati 
yo`lida saroyda ko`tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, shohga qarshi adovat 
ruhini uyg’unlashtirib qo`ygan edi. Ichki nizo, boshboshdoqlik, fuqarolar 
noroziligi kuchayib, siyosiy hayot inqirozga yuz tutgan edi. Bu xavfli vaziyatni 
bartaraf etish uchun Sulton Muhammad «Davlat Kengashi»ni ta’sis etilib, 6 ta 
bilimdon vakillar jalb etiladi, biroq u amalda ijobiy natija bermaydi. 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling