Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Buxoro fojeasi va Samarqand jangi


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buxoro fojeasi va Samarqand jangi. Chingizxon Buxoroga 1220 yil 
fevralda etib boradi. Buxoro dushmanni qaytarishga tayyor emas edi. Buxoro 
qozisi Badriddin Qozixon oqsoqollar bilan Chingizxon oldiga shavqat so`rab 
chiqadi. Buxoroni mo`g’ullar 1220 yil 16 fevralda egallaydi. Buxoro talanib, 
Chingizxon amri bilan yoqib yuboriladi.
Chingizxon 1220 yil martda Samarqandga etib keladi. U shahar 
tashqarisidagi Ko`ksaroy qasridan turib Samarqand qamaliga boshchilik qiladi. 
Samarqand qamali 5 kun davom etadi. Samarqandning bosh suv inshooti 
«Qo`rg’oshin nova»ni buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradi. Mo`g’ullar 
Samarqandga Namozgoh darvozasidan bostirib kiradi. Muhammad Xorazmshoh 30 


104 
minglik mo`g’il qo`shinidan zo`rg’a qutilib, Eronga qochadi. So`ngra Kaspiy 
dengizi janubidagi Ashura oroliga borib o`g’li Jaloliddin Maguberdini taxt vorisi 
etib tayinlaydi va orolda vafot etadi.
Sirdaryo bo`yidagi janglar. Bu davrda Jo`ji Sirdaryo etaklaridagi aholisi 
zich, boy savdo shahri Sig’noqqa avval hujum boshlaydi. Aholi 7 kun shaharni 
mudofaa qiladi, 8-kuni taslim bo`ladi, aholi qirib tashlanadi. Mo`g’ullar 1220 yil 
aprelda Jandni egallaydi, aholisining qurollangan qismi qatl etiladi. Mo`g’ullar 5 
ming askarli kichik qo`shin bilan Sayxun (Sirdaryo) bo`yida joylashgan Binokatga 
yurish qiladi. Shahar 4 kunlik mudofaadan so`ng taslim bo`ladi.
Temur Malik jasorati. Sirdaryo ikkiga ayrilgan erda Xo`jand shahri 
joylashgan bo`lib, hokimi Temur Malik (1219-1221) edi. Uning qahramonligi 
bilan xo`jandliklar kutilmagan qarshilik ko`rsatadi. Kuchlar teng bo`lmaganligi 
uchun Temur Malik shaharni tashlab chiqib 1000 kishilik lashkari bilan Sirdaryo 
o`rtasidagi orollardan biriga joylashib oldi. 12 ta qayiq yasattirib, o`q teshib 
o`tmasligi va yonib ketmasligi uchun qayiqlar usti namat bilan o`ralib, sirkali loy 
bilan suvab chiqiladi. Temur Malik 70 ta kemada Sirdaryo quyi oqimi bo`ylab 
suzib Jand shahriga keladi. Barchinlig’kent va Jand yaqinida Xo`jandliklar daryo 
sohiliga tushib so`nggi jangga kirdilar. Temur Malik xorazmliklar bilan Sayhun 
(Sirdaryo) daryosining quyi oqimidagi YAngikent shahrini Jo`jidan qaytarib oladi.
Chingizxon 1220 yil yozda Naxshob (Qarshi)ni, kuzda Termizni 11 kun 
qamaldan so`ng bosib oladi. Sirdaryo havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo 
vodiylari, Amudaryo o`rta oqimining o`ng sohili viloyatlari zabt etilgach, 
Chingizxon asosiy kuchni Xorazmshohlar davlatining markaziy qismi - Xorazmga 
tashlaydi.

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling