Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich


Download 4.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/418
Sana24.10.2023
Hajmi4.88 Mb.
#1718576
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   418
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Samarqand sarbadorlari. Movarounnahrda Sarbadorlar harakati XIV 
asrning 60-yillarida mo`g’ul xonlarining hujumi munosabati bilan vujudga keldi. 
Samarqand sarbadorlariga mudarris Mavlonzoda Samarqandiy, hunarmand Abu 
Bakr Kalaviy va mahalla oqsoqoli, mergan Xurdaki Buxoriylar boshchilik 
qiladilar.
Samarqandda sarbadorlar mo`g’illarga zarba beradi, shuningdek o`lat 
tarqalib Ilyosxo`janing otlari qiriladi. Ilyosxo`ja avval Samarqandni, keyin 
Movarounnahrni tashlab ketadi. Sarbadorlar amaldorlar mulkini bir qismini 
musodara etib kambag’allarga taqsimlab bergan. Bu hukmdor tabaqalarning 
noroziligiga sabab bo`lgan. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” kitobida: “Yo 
Olloh! Kambag’alni badavlat kishiga aylantirding”, - deb yozadi. 
Samarqandda vujudga kelgan beqarorlikdan xabar topgan Temur va Husayn 
1366 yil bahorida Samarqandga etib keladi, shahar yaqinidagi Konigil mavzeyida 
sarbodorlarning etakchilari bilan muzokara olib boradilar. Uchrashuvning birinchi 
kunida ularga izzat-ikrom ko`rsatildi, ertasi kuni Abu Bakr Kalaviy va Xurdakiy 
Buxoriy Amir Husayn buyrug’ig’i bilan dorga tortiladi. Bundan kech xabar topgan 
Temur faqat Mavlonzodani qutqarib qoladi. Sarbadorlar harakati bostirilgach 
Movarounnaxrda Amir Husaynning hukmronligi o`rnatiladi. Ko`p o`tmay Husayn 
va Temur o`rtasida munosabat keskinlashib, 1366-1370 yy. bir necha bor o`zaro 
to`qnashuvlar bo`ladi.
Amir Temur - markazlashgan davlat asoschisi 
Amir Temurning hokimiyatga kelishi. Movarounnahrda XIV asr 60-
yillaridagi og’ir siyosiy-iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli davlat 
tashkil etishni talab qilmoqda edi. Buni tushungan Temur markazlashgan davlat 
tuzishga kirishdi. Temur bu maqsadni amalga oshirishda oqsoqollar, harbiylar


114 
savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Bu ulkan maqsadni 
amalga oshirish ishini avvalo ichki g’animlarga qarshi kurashdan boshlaydi.
Temur 1370 yil bahorida Balx hukmdori Husaynga qarshi yo`lga chiqdi. 
Termiz yaqinidagi Biyo qishlog’iga etganda Temur huzuriga Sayyid Baraka tashrif 
buyuradi. Sayyid Baraka Temurga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalovbayroq 
tortiq qiladi, u saltanat ramzi edi. Temur 1370 yil 10 aprelda Husaynni engib, Balx 
shahrini egallaydi, Husayn qatl etiladi. 1370 yil 11 aprelda bo`lgan qurultoyda 

Download 4.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling