Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temurning tarixda tutgan o`rni
Anqara jangi. Temur va Boyazid Yildirim o`rtasida hal qiluvchi jang 1402
yil 20 iyulda Anqara yaqinida Chubuq mavzeida bo`ldi. 3 kun davom etgan bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Bu jangda har ikki tomondan jami 360 ming nafar askar: Temurning 200 ming askari, Boyazidning 160 ming askari qatnashdi. Temur qo`shinning markaziy qismiga qo`mondonlik qiladi; turk qo`shini tor-mor etilib, Boyazid va o`g’li Muso Chalabiy asirga olinadi. Temur 117 rumlik askarlarni ta’qib etib Bursa va Izmir shahrini zabt etadi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Misr Temurga o`z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Temurga to`lanadi. Boyazid ustidan qozongan g’alaba bilan Fransiya qiroli Karl VI (1380- 1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) Temurni tabriklab, muboraknomalarini yuboradi. Chunki Temur endigina uyg’onayotgan Evropaga xavf solib turgan Turklarga zarba berib Evropaning xaloskoriga aylangan edi. Amir Temur 1404 yil 27 noyabrda Xitoy yurishiga 200 ming qo`shin bilan chiqdi. Amir Temurning vafoti tufayli (1405, 18 fevral) yurish amalga oshmadi. Amir Temurning tarixda tutgan o`rni. Amir Temur 35 yil mamlakatni boshqardi. Uning saltanati Hindiston va Xitoydan Qora dengizgacha, Orol dengizidan Fors qo`ltig’iga qadar hududlarni qamrab olgan edi. Temur yana Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo`ylari, Balxash ko`li va Elisuv daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo`lgan mamlakatlarni ham bo`ysundirdi. Amir Temur Movarounnahr va Turkistondan tashqari Bag’dod, Darband, Baylakon shaharlarini ham obod qilib, qayta qurdirdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlikka barham berib, Sharq bilan G’arbni bog’lovchi qadimiy karvon yo`llarini tikladi. Amir Temur Evropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan savdo va diplomatik aloqalar o`rnatdi. Temur tarixiy manbalarda «Sohibqiron» nomi bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl» (adolat sohibi) kabi nomlar bilan ulug’lanadi. YUNESKO tashabbusi bilan 1996 yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Tayanch so`zlar: Amir Tarag’ay, Takina xotun, Turmush Og’o, Uljoy Turkon Og’o, Amir Husayn, Ilyosxo`ja, To`xtamish, Boyazid Yildirim, Muso CHalabiy, Fransiya, Angliya, Kastiliya, dorug’a, qoraqo`yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling