Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alouddavla
- Abulqosim Bobur
- Ulug’bek fojiasi
Taxt uchun kurash. Shohrux Ray viloyatida nevarasi Sulton Muhammad
isyonini bostirish vaqtida o`rniga voris belgilashga ulgurmay 1447 yil 12 martda olamdan o`tadi. Shohruhning to`ng’ich o`g’li Ulug’bek taxtga o`tirishi kerak edi, ammo Shohruxning nevarasi, Boysung’urning o`g’li Alouddavla taxtni egalladi. U 1447 yil bahorida Ulug’bekning katta o`g’li Abdulatifni asirga oladi. Mirzo Ulug’bek Alouddavla bilan sulh tuzishga majbur bo`ladi. Sulhga ko`ra Abdulatif ozod qilinadi, Ulug’bek Hirot va Xurosonga bo`lgan da’vosidan voz kechadi, biroq sulh buziladi. Ulug’bek va Alouddavla o`rtasidagi jang 1448 yil bahorda Tarnob yaqinida bo`ladi. Ulug’bek va Abdulatifning 90 minglik birlashgan qo`shini Aluddavlani tor-mor qilib, Hirotni qo`lga kiritadi. Movarounnahrda Ulug’bekka qarshi isyon boshlangan edi, Ulug’bek Xurosonda Abdulatifni qoldirib o`zi Samarqandga qaytadi. Mirzo Ulug’bek va o`g’li Abdullatif o`rtasidagi nizoning sababi, Tarnob g’alabasidagi fatxnomada Abdullatifning nomi inisi Abdulazizdan keyin tilga olinishi hamda Ixtiyoriddin qal’asidagi xazinani Ulug’bek olib qo`yishi Abdulatif uchun bahona bo`ladi. Abdulatif Hirotda 15 kun hokimlik qiladi. U Abulqosim Bobur kelayotganini eshitib Movarounnahrga qochadi. Ulug’bek Abdulatifni Balxga noib qilib tayinlagach, u «tamg’a» solig’ini bekor qilib savdogarlarni o`ziga og’dirib oladi. Otasidan norozi bo`lgan amirlarni to`playdi, hatto Abulqosim Boburni Ulug’bekka qarshi kurashga undaydi. 127 Ulug’bek fojiasi. Mirzo Ulug’bek Hirotdan Samarqandga qaytar ekan Dashti Qipchoq ko`chmanchilari hujumiga duchor bo`ladi. Abulxayrxon Toshkent, Shohruxiya, Samarqand, Buxoro atrofini talaydi. Ulug’bek shu vaqtda Samarqandda vaqtinchalik noib qilib qoldirilgan Ulug’bekning kichik o`g’li Abdulazizga qarshi amirlar noroziligini bartaraf qilishga majbur bo`ladi. Abdulatif qulay fursatdan foydalanib Amudaryodan o`tib Termiz, Shahrisabz va Huzorni osongina zabt etadi, so`ng Samarqandga yo`l oladi. Ulug’bek va Abdulatif o`rtasidagi jang 1449 yil oktyabrda Damashq qishlog’i yaqinida bo`ladi. Ulug’bek engiladi, Samarqand amiri Mironshoh Qavchin shahar darvozasidan Ulug’bekni kiritmaydi. Mirzo Ulug’bek Shohruxiyaga ham kirolmay Abdulatifga taslim bo`ladi. Shahar qozisi Shamsiddin Muhammad Miskinning qarshiligiga qaramasdan, Abdulatif jaholatparast ulamolarning yashirin fatvosini chiqartirib otasini o`ldiradi. Movarounnahrni 40 yil idora qilgan Mirzo Ulug’bek 1449 yil 27 oktyabrda 55 yoshida fojiali halok bo`lgan. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling