128
Xuroson bu davrda Shohruhning nabirasi Abulqosim Bobur tasarrufida edi.
Siyosiy tarqoqlik avj olib Xuroson 11 bo`lakka ajralib ketadi. Abulqosim Bobur
1457
yil vafot etgach, Xurosonda vaziyat yana mushkullashadi. Xurosonda va
Hirotda da’vogarlar ko`p bo`lsada, ularning birortasi ham davlatni idora qiladigan
kuchga ega emas edi. Abu Said bu vaziyatdan foydalanib 1457
yil Hirotni
egallaydi, saltanatning har ikki qismini (Movarounnahr va Xurosonni)
birlashtiradi.
Viloyat hokimlarining mustaqilikka intilishi,
ayniqsa Abulqosim Bobur
vafotidan so`ng Xorazmni egallagan Umarshayx Mirzo avlodi
Sulton Husaynning
isyonlari Abu Saidni tashvishlantirdi. Abu Said 1469 yil bahorida Ozarbayjon,
G’arbiy Eron, Iroqqacha bo`lgan viloyatlarni egallab
turgan turkmanlarga qarshi
jangda halok bo`ladi. Abu Saidning vorislari Sulton Husayn bilan to`qnashishga
jur’at etaolmay Movarounnahrga qaytadilar.
Sulton Husayn Boyqaro 1469 yil 24
martda Xurosonning hokimi sifatida Hirotga kirib boradi. Temuriylar saltanati
yana 2 qismga: 1) Sulton Husay hukmronligidagi Xurosonga. 2)
Abu Saidning
o`g’li Sulton Ahmad hukmronligidagi Movarounnahrga bo`linib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: