Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
Bobur Mirzo. XVI asr bo`sag’asida Temuriylar taxti uchun kurashga
Temurning uchinchi o`g’li Mironshohning chevarasi Bobur Mirzo chiqdi. Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijon shahrida tug’ilgan, bolaligi Andijon va Axsi shaharlarida o`tgan. Bobur o`z davriga yarasha barcha zarur bilimlarni otasi Umarshayx Mirzo (1455-1494) saroyida egallagan. 139 Umarshayx otasi Abu Said Mirzo davrida dastlab Kobul viloyatiga, so`ng Farg’ona viloyatiga hukmdor etib tayinlangan. Umarshayxga akasi Sulton Ahmad davrida Toshkent va Sayram ham berilgan. O`zaro ichki kurashlar natijasida Umarshayx qo`l ostida faqat Farg’ona, Xo`jand va O`ratepa qolgan. Umarshayx Mirzo 1494 yil baxtsiz hodisa tufayli halok bo`lgach, hokimiyat 12 yoshili Bobur Mirzo qo`liga o`tdi. Bobur yosh bo`lgani uchun davlatni ishonchli beklardan Hojiqozi va onasi Qutlug’ Nigorxonim yordamida boshqargan. Bobur Mirzoning siyosiy kurash maydoniga chiqishi Temuriylar saltanatida harbiy-siyosiy vaziyat og’irlashgan sharoitga to`g’ri keldi. Bu davrda Samarqandda - Boysung’ur, Toshkentda - Boburning tog’asi Sulton Mahmudxon, Hirotda - Husayn Boyqaro hukmronlik qilardi. Boburning ham orzusi bobosi Amir Temur saltanatining markazi - Samarqand taxtini egallash edi. Boysung’ur va ukasi Sulton Ali taxt uchun kurash boshlaganinidan xabar topgan Bobur 1496 yil Samarqand qamal qildi. Biroq qish yaqinlashib qolgani uchun qamalini to`xtatib Andijonga qaytadi. Bobur 1497 yil yana Samarqandga yurish boshlab, qamal qildi, qamal 7 oydan ortiq davom etdi. SHahar ichida oziq-ovqat tanqisligi tufayli Boysung’ur askarlari orasida parokandalik ro`y beradi. Boysung’ur Qunduz hukmdori Xusravshoh huzuriga qochdi. Bobur 1497 yil noyabr oxirida Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo`ldi. Biroq bu hol uzoqqa bormadi. Boburning Andijondagi dushmanlari ukasi Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga o`tqazadi. Bobur Andijonni saqlab qolishga qaror qiladi va Samarqandni 100 kun idora etgach tark etishga majbur bo`ldi. Samarqand taxtini Sulton Ali Mirzo egalladi. Bobur va Jahongir Mirzolar o`rtasida 1500 yil sulh tuzildi. Unga ko`ra Sirdaryoning shimoli va Axsi shahri Jahongirga, daryoning janubi va Andijon shahri Boburga berildi. Temuriylar saltanatining boshqa qismlarida ham Farg’onadagi kabi taxt uchun kurash davom etayotgani haqida o`sha davr tarixchisi Muhammad Solih «hamma bir-biridan qo`rqar edi, o`zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig’vo 140 urug’ini sochardilar» - deb yozgan. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahr va Xurosonni egallashi uchun qulay sharoit vujudga keldi. Download 4.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling