Proffessor Hamidov Hojiakbar Hamidovich Ernazarov Shermuxammat Eshbekovich Raxmonov Bahodir Mirzaevich
Download 4.88 Mb. Pdf ko'rish
|
O`zbekiston tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasviriy san’at
Madaniyat
Kitobat san’ati – qo`lyozmka asarlarni ko`chirish va u bilan bog’liq bo`lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati bo`lib, bu san’at ham XV asrda taraqqiy etdi. Nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) kashf qiladi. Xattot Sultonali Mashhadiy (1432-1520) Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro asarlarini ko`chirgan. Sultonali Mashhadiy ko`chirgan 50 dan ziyod kitob va qit’alar hozirgacha etib kelgan. U xattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy o`ymakorlik san’atida ham mohir bo`lib, u tomonidan Husayn Bayqaroning «Bog’i Jahonaro» bog’idagi saroy devoridagi bitiklar hamda uning 136 qabr toshidagi lavxa bitilgan. Sultonali Mashhadiy «Qiblat ul-quttob» (Kotiblar qiblasi) va «Sulton ul-xattotin» (Xattotlar sultoni) degan nom bilan shuhrat topgan. Samarqand va Hirotda tashkil etilgan maxsus saroy kutubxonalari ishiga kitobxona dorug’asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. U erda xattotlar, naqqoshlar, musavvirlar, lavvohlar, sahhoflar ishlagan. Hirotda Mirzo Ulug’bekning ukasi Boysung’ur kutobxonasida 40 ta xattot va naqqoshlar ishlagan. Bu kutubxonada 1429 yil Abdulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» poemasi ko`chiriladi, u 20 ta rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan. Tasviriy san’at XV asrda ulkan yutuqlarga erishgan: portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo`lgan. Bu davrda chizilgan Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotfiy, Husayn Boyqaro, Bobur, Behzod tasvirlari bizgacha etib kelgan. Navoiy tasvirini rassom Mahmud Muzahhib chizgan. Kamoliddin Behzod XV asr tasviriy san’atining ulug’ namoyandasidir. Behzod musavvirlikda «Hirot maktabi» deb nomlangan yangi uslubning asoschisi bo`ldi. U o`z davrida Moniyi Soniy (ikkinchi Moniy) deb ulug’lagan. U O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Behzod ijodi xilma-xil mazmunga ega bo`lib, tarixiy siymolar: Husayn Boyqaro, SHayboniyxon, Navoiy portretlarini, saroydagi qabul marosimlari va jang manzaralarini tasvirlagan. Behzod Dehlaviyning «Layli va Majnun» dostoniga chizgan lirik manzaralari va Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asariga chizilgan jang tasvir etilgan miniatyuralari jozibador va ta’sirchandir. Musiqa sohasida XIV-XV asrlarda Abduqodir Nayiy, Qulmuhammad SHayxiy, Husayn Udiy, Shohquli G’ijjakiy, Qosim Rabboniy kabi sozanda, mashshoq, bastakor va hofizlar etishdi. Ulug’bek, Navoiy, Jomiy, Binoiy musiqa bilan shug’ullanib, uning rivojiga hissa qo`shgan. Ulug’bek «bulujiy», «axloqiy», «tabriziy», «shodiyona», «usuli ravon», «usuli otlig’» kuylarini. Navoiy «Isfahoniy» kuyini ijod qiladi. Jomiy va Binoiy musiqa nazariyasiga doir asar yaratgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling